Xiaomi Mi 7 har tomonlama suratlar va videoda!

  •   DiMaX
  •  2608
  •  12.02.2018 14:17

Xiaomi Mi 7 har tomonlama suratlar va videoda!

Mobile World Congress 2018 ko‘rgazmasidagi ishtiroki davomida Xiaomi kompaniyasi o‘zining navbatdagi flagmani – Mi 7 smartfonini namoyish etmoqchi emas. Ammo bu ilg‘or qurilmaning turli xususiyatlari, narxi haqidagi insayderlar ma’lumotlari va uning render-suratlari tarqalmoqda.

O‘QING: Mi 7 haqida Xiaomi fanatlarini xursand qilmaydigan xabar chiqdi

Shu jumladan, Science and Knowledge resursining dizaynerlar jamoasi ham Xiaomi Mi 7 smartfonining render suratlari hamda videolavhasini tayyorladi. Ularda mazkur muhtasham flagman har tomonlama ko‘rsatilgan.

Yuqoridagi videolavha hamda quyidagi suratlar, albatta, kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan. Ammo ular Mi 7 haqida turli manbalardan tarqalgan ko‘plab ma’lumotlarga mos keladi.

Agarda Xiaomi Mi 7 haqiqatan ham mana shu render-suratlardagi kabi bo‘lib chiqsa, uni juda qoyilmaqom qurilma, deyishimiz mumkin bo‘ladi. Zero, bu smartfon faqat tepa va past qismida ozgina romi bo‘lgan to‘liq ekranli dizaynga ega. AMOLED texnologiyasiga ko‘ra ishlangan displeyning o‘ziga barmoq izi skaneri integratsiya qilingan. Aytish kerakki, MWC 2018 tadbirida «xitoycha Apple» namoyish etadigan yana bir modelda ham shu kabi xususiyatlar bo‘lishi kutilmoqda:

O‘QING: Xiaomi tayyorlayotgan – skanerli displeyga ega, 256 GB xotirali smartfonni tomosha qilamiz!