Xiaomi Mi 7: taxminiy xususiyatlari, taqdimot vaqti va hatto narxi ham ma’lum!
Turli smartfonlari bilan dunyo bozoriga jadal kirib kelayotgan Xiaomi kompaniyasi allaqachon Mi 7 flagmanini tayyorlamoqda. Bu model haqidagi ma’lumotlarni Gizmochina nashri e’lon qilgan.
O‘QING: Xiaomi allaqachon Mi 7’ni tayyorlamoqda! (+suratlar)
Xabarga ko‘ra, «xitoycha Apple»ning navbatdagi flagmani quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
- Ekran: Samsung tomonidan ishlangan, 6,1 dyuymli, 18:9 nisbatli OLED-displey.
- Protsessor: Snapdragon 845
- Tezkor xotira: 6 gigabayt
- Asosiy kamera: 16 + 16 megapikselli qo‘sh modulli, f1.7 diafragmali
- Akkumulyator: 3350 mA/soat + tezkor quvvatlash
Ta’kidlash kerakki, Mi 7 smartfoniga qo‘yiladigan Snapdragon 845 protsessori hali keyingi oyda rasman taqdim etiladi va kelasi yilda ommaviy ishlab chiqarishga joriy etiladi. Samsung Galaxy S9 ham xuddi shu chip bazasida ishlaydi.
O‘QING: Xiaomi «suvdan qo‘rqmas» uchta smartfon tayyorlamoqda
Xiaomi ishqibozlarini xursand qilmaydigan jihat ham bor – Mi 7 modeli ham yuzni 3D usulida tanish texnologiyasiga ega bo‘lmaydi.
Mi 7 flagmani keyingi yilning birinchi choragida yoki ikkinchi choragi boshida taqdim etiladi. Uning narxi esa 2699 yuan (taxminan 408 AQSh dollari)dan boshlanadi. Bu esa Xiaomi’ning hozirgi flagmani – Mi 6 modelidan salgina qimmat, deganidir.