Xiaomi Mi 8 seriyasida yana ikkita yangi model: bittasining taqdimot kuni ham ma’lum! (+«jonli» surat)

  •   DiMaX
  •  1851
  •  06.09.2018 18:44

Xiaomi Mi 8 seriyasida yana ikkita yangi model: bittasining taqdimot kuni ham ma’lum! (+«jonli» surat)

«Xitoycha Apple» o‘zining yubiley smartfonlarini uch xil modelda – standart Mi 8, soddalashtirilgan Mi 8 SE hamda premial Mi 8 Explorer Edition talqinlarida chiqargandi. Endi uning boshqa modifikatsiyalari ham taqdim etilishi ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Xiaomi’ning navbatdagi – yoshlarbop Mi 8 Youth Edition flagmani: Snapdragon 710 chipli va 8/128 GB xotirali!

MySmartPrice resursining «ishonchli» manbaga tayanib xabar berishicha, Xiaomi kompaniyasi yaqin orada Mi 8 Youth Edition hamda Mi 8 Screen Fingerprint Edition rusumli ikkita yangi modelni namoyish etadi. Bulardan ikkinchisini Mi 8 UD deb ham atashmoqda. Nomlaridan ham ma’lum bo‘lib turganidek, ulardan biri yoshlarga mo‘ljallangan, ikkinchisida esa barmoq izi skaneri ekranga joylangan bo‘ladi.

Xiaomi Mi 8 Youth Edition modeli xotira hajmiga ko‘ra uchta: 4/64, 6/64 va 6/128 gigpabaytlik variantda chiqadi. U kul rang, tillarang va moviy korpuslarda taklif etiladi. Mish-mishlarga ko‘ra, bu – standart Xiaomi Mi 8 smartfonining salgina soddalashtirilgan modifikatsiyasi bo‘ladi. Uning protsessori xuddi Mi 8 SE modelidagi kabi – yakka kristalli Snapdragon 710 chipi, ammo kameralari xuddi Mi 8 hamda Mi 8 Explorer Edition’dagi singari kuchli bo‘lishi aytilmoqda.

Ice Universe nikli xitoylik mashhur insayder Mi 8 Youth Edition modelining narxini ham ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, mazkur smartfonga 1999 yuan miqdorida narx belgilanadi, bu esa 292 AQSh dollariga teng.

Yana bir xitoylik manba esa Mi 8 Youth Edition smartfoni 18 yoki 19 sentyabrdayoq rasman namoyish etilishini aytayotir:

Xiaomi Mi 8 Screen Fingerprint Edition modeliga kelsak, u ikki xil: 6/128 hamda 8/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega talqinlarda chiqariladi. Bu devays korpuslari qora va tillarang variantlarda taqdim etiladi. Unda daktiloskopik datchik, xuddi Mi 8 Explorer Edition modelidagi kabi, displeyning o‘ziga integratsiya qilinadi, qolgan texnik xususiyatlari esa standart Mi 8’dan farq qilmaydi.

Har ikkala yangi smartfon MIUI 9 grafik qobig‘i ostidagi Android 8.1 Oreo operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Xiaomi’ning shu paytgacha bozorga chiqarilgan aksariyat modellardagi smartfonlarini esa bir yillik kafolati bilan onlayn buyurtma asosida Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarining yangilangan narxlari – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi! (2018 yil 25 avgust)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.