Xiaomi Mi 8 – yilning eng yaxshi smartfoni bo‘ladi

Xiaomi Mi 8 – yilning eng yaxshi smartfoni bo‘ladi

Joriy yilning o‘zida smartfon bozorida bir qancha devayslar taqdim qilindi. Misol uchun, uch sensorli bosh kamera bilan ta’minlangan Huawei P20 Pro, ilg‘or Super AMOLED-ekrani bilan hayratga soluvchi Samsung Galaxy S9, shisha korpusli OnePlus 6 va boshqalar. Biroq ekspertlarning fikricha, joriy yilda Xiaomi Mi 8 flagmani ular orasida eng yaxshisi bo‘ladi. Kecha mazkur flagman aks etgan navbatdagi suratlar internet tarmog‘ida tarqaldi.

Eng yaxshi mobil aloqa vositasini ishlab chiqarayotgan kompaniyalar uning bahosini o‘ylab ham o‘tirmasdan, "osmondan olib" qo‘yishyapti. Bugun ularning narxi 1600 AQSh dollarigacha yetadi. Natijada, ko‘pchilik narxi insofsizlarcha qo‘yilgan devaysni xarid qilishni xush ko‘rmaydi. Biroq, 2018 yilda yanada takomillashgan Xiaomi Mi 8 yilning eng ilg‘or smartfoni raqiblaridan ancha-muncha arzon bo‘lishini isbotlashi hozirdanoq ma’lum qilinmoqda.

Xiaomi Mi MIX 2S ayni paytda jahonning eng yaxshi beshta mobil aloqa vositalari ro‘yxatiga kiritilgan. Xususan, surat olish bo‘yicha bu modelning imkoniyatlari yuqori. Kuchli protsessor, yaxshi kamera, sifatli ekran hamda zamonaviy dizaynga ega smartfon 527 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda. Ya’ni, raqiblaridan 2 barobar arzon. Bu - aqlbovar qilmas haqiqat!

O‘qing:Arzon Galaxy S9"ning videosi tarqaldi

Xiaomi Mi 8 modeli yanada ilg‘or jihat va texnologiyalar bilan ta’minlanishini hisobga olsak, bu flagman jahonning eng yaxshi uchta flagmanlari qatoridan o‘rin egallaydi. Bunga shubha yo‘q. Misol uchun, 2,8 GGs chastota oralig‘ida ishlaydigan Qualcomm Snapdragon 845 protsessorining o‘zi uning kuchli platformaga ega ekanini isbot qiladi.

Smartfonning tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 6 va 64 gigabayt hajmga ega. Uning qo‘sh ob’yektivli asosiy kamerasi 20 megapikselli suratlar ola biladi. Shuningdek, bu kamera «sun’iy aql» – AI texnologiyasi bilan boyitilgan.

Shu bilan birga, Xiaomi Mi 8 smartfonining diagonali 6,01 dyuymli ekraniga virtual barmoq izi skaneri o‘rnatiladi.

Xiaomi Mi 8 telefonidagi muhim o‘ziga xoslik yuzning 3D Face texnologiyasi orqali to‘liq skaner qilinishidir. Hozircha jahonda faqatgina iPhone X flagmani ana shunday jihatga ega bo‘lgan. Agar xitoylik kompaniya buning uddasidan chiqsa, Xiaomi Mi 8 modeli bu funksiyaga ega Android tizimida ishlaydigan ilk smartfon bo‘ladi. Smartfondagi yana bir «imzo» undagi ikki diapazonli GPS tizimi bo‘ladi. Bu tizim 1575.42 MGs chastotali L1 hamda 1176.45 MGs chastotali L5 signal tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qualcomm vakillari esa allaqachon bunday GPS texnologiyasi avvalgilariga qaraganda elektr energiyani 50% ga kamroq iste’mol qilishini ma’lum qilishgan. Shu bilan birga, tizim 5 metrdan 0,3 metrgacha aniq ishlaydi. ya’ni bugungi talqinidan 15 barobar aniqroq.

Bunday texnologiyalar joy olgan Xiaomi Mi 8 modelining narxi 449 AQSh dollari bo‘lishini turli manbalar e’lon qilishmoqda. Bularning barchasi mazkur xitoylik "aqlli telefon"ga 2018 yilda "eng yaxshi mobil aloqa vositasi" bo‘lishini ta’min qiladi. 31 may kuni taqdimoti kutilayotgan Xiaomi Mi 8 iyundan, ya’ni bir haftadan so‘ng sotuvga chiqariladi.

O‘qing: Top-12: Xaridorgir smartfonlar – narx va jihat

Hayajonli damlar yaqin, uni biz bilan qarshi oling!