Xiaomi Mi 9’ni ilk «jonli» videoda tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1580
  •  15.02.2019 13:54

Xiaomi Mi 9’ni ilk «jonli» videoda tomosha qiling!

Xiaomi kompaniyasi Mi 9 smartfonining rasmlari borasida endi ziqnalik qilmayapti – uning turli rasmiy va norasmiy suratlari tarqalmoqda. Shuningdek, mazkur flagmanning premial versiyasi ham tayyorlanganligi kuni kecha ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: 740 dollarlik Mi 9 Explorer Edition to‘rt modulli bosh kameraga ega!

Endi esa Xiaomi Mi 9 aks ettirilgan birinchi video ham internetga chiqdi. Uni kompaniyaning ijrochi direktori Ley Szyun (Lei Jun) o‘zining Weibo-akkaunti orqali e’lon qilgan.

Guvohi bo‘layotganingizdek, mazkur qisqa rolikda gradiyent tusdagi ko‘k rangli korpusga ega «jangovar farishta» orqa tomonidan namoyish qilingan. Unda tikka joylashgan uch modulli bosh kamera va ular ostidagi fotochaqnoq yaqqol aks etib turibdi. Barmoq izi skaneri yo‘q – Xiaomi ushbu modelida bu sensorni displeyga integratsiya qilgan.

Biz ushbu flagmanning turli xususiyatlari haqida ko‘pgina ma’lumotlar e’lon qilganmiz. Allaqachon global bozorga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!