Xiaomi Mi A1: Android 8.1’gacha yangilanish nega to‘xtatildi?

  •   Saroy
  •  1483
  •  03.07.2018 10:05

Xiaomi  Mi A1: Android 8.1’gacha yangilanish nega to‘xtatildi?

O‘tgan haftada   Android One dasturi doirasida chiqayotgan  ilk smartfon –Xiaomi M1 iyun oyidagi xavfsizlik patchi bilan birga  Android 8.1 Oreo OTA-yangilanishni olgan edi.  Biroq ko‘p sonli foydalanuvchilardan tushgan shikoyatlar tufayli mana bir hafta o‘tib, kompaniya “proshivka”ni qaytarib olishga qaror qildi.

Xo‘sh, nima bo‘ldi? Avval boshda  Xiaomi Mi A1 egalarida barcha SMS-xabarlar yo‘qolib qoldi, keyin SafetyNet ilovasida muammo paydo bo‘ldi. Ushbu ilova qolgan ilovalarning ishini tahlil qiladi hamda verus tarqalganini eng birinchi bosqichdayoq aniqlaydi.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi global MIUI 10 beta-talqini tarqatilish jadvalini e’lon qildi

Endi nima bo‘ladi? Tabiiyki,  Xiaomi mijozlarning shikoyatlariga tezda munosabat bildirdi va proshivka tarqatishni to‘xtatdi. Yangilanishni qachon qayta boshlashi hali noma’lum.

Darvoqe, bu omadsiz kechgan yangilanishlarning birinchisi emas, albatta. Mi A1 o‘tgan yangi yil arafasida ham Android 8.1 Oreo’ni qo‘llab ko‘rgandi, o‘shanda ham hozirgidek, yo‘l qo‘yilgan jiddiy xato tufayli OS’ning yangi  versiyasidan vaqtinchalik voz kechishga  to‘g‘ri kelgandi.

O‘QING: Xiaomi Mi Band 2: 25 dollar sog‘ligingizdan o‘rgilsin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!