Xiaomi Mi Band 3 sensor ekranli bo‘lib, ishoralar bilan boshqariladi (+video)

  •   DiMaX
  •  1725
  •  04.04.2018 12:12

Xiaomi Mi Band 3 sensor ekranli bo‘lib, ishoralar bilan boshqariladi (+video)

Yaqindagina Huami kompaniyasi ijrochi birektori Xuang Vang (Huang Wang), joriy yilda Xiaomi Mi Band 3 albatta bozorga chiqishini e’lon qilgan edi. Endi esa mazkur gadjet haqida yangi ma’lumotlar va uning suratlari, shuningdek videosi ham tarqaldi.

O‘QING: Xiaomi bu gadjet bozorida Apple’dan o‘zib, liderga aylandi

Xabarga ko‘ra, quyidagi suratlar Xiaomi Mi Band 3 foydalanish qo‘llanmasidan olingan eskizlardir:

Xiaomi Mi Band 3 sensorli OLED-ekranga ega bo‘ladi va u turli ishoralarni qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, displeyga barmoq tekkizilganida, menyuning turli elementlari chiqadi. Smart-bilaguzukning yagona tugmachasiga bir martalik teginish «Back» – «Orqaga» buyrug‘i sifatida (masalan, oldingi sahifaga qaytish uchun) belgilangan. Bu tugmachani sal muddat bosib turish esa biror harakatni tasdiqlaydi, masalan – brasletni smartfonga ulash, qurilmani o‘chirish va hokazo. Ekranni shunchaki silash bo‘lsa devaysni blokdan chiqarishga xizmat qiladi.

O‘QING: Amazfit Cor – Xiaomi'ning yap-yangi ko‘rkam smart-brasleti

Mana, quyida Xiaomi Mi Band 3 ishoralar yordamida qanday boshqarilishi haqidagi videoga nazar solamiz:

Xiaomi Mi Band 3 qachon taqdim etilishi va bozorga chiqarilishi hozircha ma’lum emas. Ammo uning oldingi avlodi hamda «xitoycha Apple»ning smartfon va boshqa turli gadjetlari O‘zbekistonda ham sotuvda bor.

O‘QING: Xushxabar: Xiaomi smartfonlari arzonlashdi, shu va boshqa devayslarining narxlari bilan tanishing! (2018 yil 29 mart)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!