Xiaomi Mi6’ga avvaldan buyurtma berganlar 2 milliondan oshdi

Xiaomi Mi6’ga avvaldan buyurtma berganlar 2 milliondan oshdi

Pekinda 19 aprel kuni taqdim qilingan Xiaomi Mi6 flagmani 28 apreldan smartfon bozoriga sotuvga chiqariladi. Katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan smartfonning talash bo‘lib sotilishiga shubha qolmadi. Ayniqsa, yirik yetkazib beruvchilar smartfonning rasmiy narxi ustiga $30 va $44 dollargacha narxni qo‘shib, oldindan buyurtma olishni boshlashgan. Shunday bo‘lsa ham, smartfonni birinchilardan bo‘lib qo‘lga olish istagida bo‘lganlar soni kamaygani yo‘q.

22 aprel holatida Xitoyning JD.com — Internet-savdo va elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi savdo maydonchasidan, shuningdek mamlakat bo‘ylab boshqa yetkazib beruvchilarning saytlaridan jami 2 milliondan ziyod kishi Xiaomi Mi6’ga avvaldan buyurtma bergan. Ekspertlarning tahlillariga ko‘ra, Xiaomi kompaniyasi avvaliga xaridorlarning Mi6’ga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini qondira olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, smartfonning 6 GB tezkor hamda 64 GB doimiy xotira talqini $363 (2499 Yuan), 6 GB tezkor va 128 GBdoimiy talqini — $421 (2899 Yuan), hamda 6 GB / 128 GB xotirali maxsus «keramika» talqini $435 (2999 Yuan) AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Smartfonga bo‘lgan katta qiziqishning sababi aniq — unda hozircha noyob bo‘lgan, Samsung Galaxy S8/S8 Plus’da o‘rnatilgan jahonning eng kuchli, 2,45 GGs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Snapdragon 835 protsessoridir.

Xiaomi Mi 6 muvaffaqiyatning 3 omili: 1. Apple va Samsung’ga xos mobil trendlarning joriy qilingani; 2. Kompaniyaning smartfon yaratish yondashuvidagi shaxsiy “imzo”si; 3. Hamyonbopligi.

Xiaomi Mi6’ga 5,15 dyuymli FullHD displey, Adreno 540 videokartasi, 6 Gb operativ hamda 64/128 Gb doimiy xotira o‘rnatilgan. Smartfonning qo‘sh modulli 12 MP sig‘imli bosh kamerasi sifatli surat olishda jahonning eng zo‘r kamerafonlaridan biri bo‘lgan iPhone 7 Plus flagmanining kamerasi bilan bemalol bellasha oladi. Shuningdek, Xiaomi Mi6’ning 8 MP old kamera, biometrik skaner, elektr toki sig‘imi 3350 mA soat bo‘lgan akkumulyator bilan smartfon bozorining peshqadam gadjetlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.