Mi8 kamerasida olingan rasmiy suratlar

Mi8 kamerasida olingan rasmiy suratlar

Ijtimoiy tarmoqlarda juda faol bo‘lgan Xiaomi kompaniyasining bosh direktori Ley Szyun Mi8 kamerasida olingan bir nechta suratlarni jamoatchilik e’tiboriga havola qildi. Uning iltimosiga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari yangi flagmanda Shenchjen moliya muassasasining binosini (balandligi 592,5 metr) suratga olib ko‘rishdi.

Suratlar kunning turli pallasi, ya’ni kunduzi, kun botishi hamda tungi vaqtlarda olingan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati yangi flagmanning kamera imkoniyatlariga yuqori baho bergan.

O‘qing: Mi 8 iPhone X va Galaxy S9'ni "yer tishlatdi"!

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Mi 8 bosh kamerasining asosiy sensori 20 megapikselli va yorug‘lik taqsimlovchi diafragma f / 1.7 standartli; bosh kameraning qo‘shimcha sensori ham 12 megapikselli, biroq f / 2.4 diafragmali. Old kameradagi sensor 16 megapikselli, uning yorug‘lik taqsimlovchi diafragmasi f / 2.0. Barcha kameralar "aqlli", ya’ni sun’iy texnologiya yordamida yorqin suratlar olish uchun mustaqil ishlay oladi.

Kameralar imkoniyatlarini baholaydigan DxOMark laboratoriyasi ekspertlari Xiaomi Mi 8 flagmanidagi bosh kamera imkoniyatlarini 105 ballga baholashgan. Ya’ni, surat olish borasida u iPhone X flagmanini ortda qoldirgan. Apple "mevasi" bunday sinovlarda 101 ball to‘plagan edi. Ya’ni, Xiaomi Mi Mix 2S modeli bilan teng.

O‘qing: Mi 8 taqdim qilindi: narx borasida kompaniya va’dasida turdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.