Xiaomi MIUI 13.5 ustida ishlamoqda!

Xiaomi MIUI 13.5 ustida ishlamoqda!

Xiaomi o'z smartfonlari uchun Android 12 ga asoslangan MIUI 13 operatsion tizimini chiqarganiga endigina 4 oy bo'ldi va hali kompaniya qurilmalari yangi proshivkani xatto Xitoyning o'zida ham to'liq qabul qilib ulgurgani yo'q, lekin kompaniya allaqachon MIUI ning yangi versiyasi ustida ishlayotgani ma'lum bo'ldi. Navbatdagi to'liq versiyani chiqarishning o'rniga, kompaniya MIUI 13 ning davomchisi, MIUI 13.5 ni chiqarishi ma'lum bo'ldi. Yangi proshivkaning rasmiy logotipi Mi Code bazasida topib olindi.

Xiaomi MIUI 13.5 logotipi

Yangi versiya logotipi oldingisinikiga juda o'xshab ketadi, faqat uning rangi o'zgartirilgan, uch raqamida diagonal chiziq olib tashlangan va u bir vaqtning o'zida ham uchga va ham beshga o'xshab ketadi.

MIUI 13.5 va MIUI 13 logotiplari taqqoslanishi

 

Hozircha MIUI 13.5 da qanday bo'ladigan o'zgarishlar haqida juda kam ma'lumotlar mavjud. Mish-mishlarga ko'ra, dasturchilar foydalanuvchilarning qurilmadan bir qo'li bilan ishlashdagi soddalik va qulaylikka alohida e'tibor berishadi. Xususan, endi tizim oynalarining joylashuvi ekranning markazida bo'ladi va shunda foydalanuvchi uni displeyning yuqori qismiga tegmasdan boshqarishi mumkin. Yangilanish tezligi menyusi, suzuvchi oyna rejimida ilovalarni ko'rsatish va kamera interfeysidagi rejim shriftlari qayta ishlab chiqiladi.

Qisqasi, MIUI 13.5 da jiddiy o'zgarishlar bo'lmasligi aniq va unda faqat kosmetik o'zgarishlar bilan hozirgi versiyani yana toza, aniq, barqaror va silliq ishlashi optimallashtiriladi. Afsuski, yangi interfeysning qachon chiqarilishi noma'lum.

O‘QING: iPhone 14 liniyasi jonli suratlarda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.