Xiaomi'ning Black Shark geymerfoni uchun rekord darajada buyurtma qabul qilindi

Xiaomi'ning Black Shark geymerfoni uchun rekord darajada buyurtma qabul qilindi

Kechagina e’lon qilingan Xiaomi'ning Black Shark o‘yinlar o‘ynashga mo‘ljallangan smartfoni uchun oldindan buyurtmalar atigi bir necha kun ichida 1 milliondan oshib ketdi. Mazkur geymerfon shu vaqtlarda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

O‘yin ishqibozlari ushbu smartfonni o‘z narxiga arziydi, deyishmoqda. Eng so‘nggi modeldagi qudratli Snapdragon 845 protsessori o‘rnatilgan ushbu geymerfon uchun narx insof bilan qo‘yilgan: 3,000 yuan yoki $480.

O‘QING: Xiaomi’ning qudratli Black Shark smartfonini taqdimotidan bir kun avval «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

Smartfon uchun sotuv jarayonlari to‘liq ochilgandan so‘ng ushbu buyurtmalarning qanchasi to‘liq amalga oshishini hali vaqt ko‘rsatadi. Biroq atigi bir haftaga yaqin vaqt ichida ushbu ajoyib qurilmaga shu darajada bildirilgan qiziqish uning kelajagi porloq bo‘lishidan darak bermoqda.

O‘QING: Xiaomi Black Shark – suyuqlikli sovitish tizimi, maxsus geympad va o‘yin rejimiga ega haqiqiy geymerofon!

Bundan tashqari Black Shark geymerfoni cheklangan miqdorda ham ishlab chiqarilishi mumkin. Unday bo‘lsa, bu smartfon ko‘plab ishqibozlar uchun orzuga aylanib qolishi tayin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!