Xiaomi’ning daromadi yana barqaror o‘sa boshladi

Xiaomi’ning daromadi yana barqaror o‘sa boshladi

Xitoylik mobil aloqa va “aqlli” maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi Xiaomi kompaniyasining moliyaviy daromadi yana o‘sa boshladi. Kompaniya asoschisi va rahbari Ley Szyunning ma’lum qilishicha, 2017 yilda kompaniyaning xalqaro bozordagi savdo aylanmasi 15 mlrd dollarga yetadi.

“Biz ayni paytda yana barqaror o‘sish sur’atidamiz. Keyingi 2 yil davomida bu jarayon jadallashadi”, – deydi Xiaomi rahbari.

Bunda jahonning yirik smartfon bozorlaridan biri bo‘lgan Hindistonda ishga tushirilgan yangi zavodning ham hissasi yuqori. Xiaomi Hindistondagi faoliyati uchun 500 million dollar tikkan va shu yilning o‘zida bu yerdan olinadigan daromad 2 mlrd AQSh dollarini tashkil qilishi kutilmoqda. Xitoyda bo‘lgani kabi, Oppo va Vivo brendlari Hindiston smartfon bozorida ham Xiaomi’ning jiddiy raqiblari hisoblanadi.