Xiaomi’ning ulkan ekran, baquvvat batareya va metall korpusli smartfoni Xitoydan tashqariga ham chiqdi

  •   DiMaX
  •  4090
  •  27.08.2018 12:04

Xiaomi’ning ulkan ekran, baquvvat batareya va metall korpusli smartfoni Xitoydan tashqariga ham chiqdi

«Xitoycha Apple» o‘zining Mi Max 3 smartfonini taqdim etganidan beri bir oydan oshiqroq vaqt o‘tdi. Katta ekranli, baquvvat batareyali va metall korpusli ushbu qurilma shu vaqtgacha faqat o‘z vatanida sotilib kelayotgan edi.

O‘QING: "Mobil kinoteatr" -- Mi Max 3 taqdim qilindi!

Endi bo‘lsa Xiaomi Mi Max 3 modeli Tayvanda ham rasmiy savdoga chiqarildi, uning narxi esa 260 AQSh dollaridan boshlanadi! Ishlab chiqaruvchiga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, bu – mazkur devaysning dunyo bo‘ylab savdoga chiqarilishi borasidagi birinchi qadamdir.

Ushbu smartfon hozircha O‘zbekiston bozorlariga yetib kelmagan. Ammo Xiaomi’ning boshqa ko‘plab rusumlardagi gadjetlarini bir yillik rasmiy kafolat bilan olish imkoni mavjud.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarining yangilangan narxlari – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi! (2018 yil 25 avgust)