Xiaomi’ning yana bir rekordi: bu gadjetning ilk partiyasi 10 soniyadayoq sotib tugatildi!

  •   DiMaX
  •  2129
  •  24.02.2018 11:19

Xiaomi’ning yana bir rekordi: bu gadjetning ilk partiyasi 10 soniyadayoq sotib tugatildi!

Kuni kecha Xiaomi Mi LED TV 4 televizorlarining ilk partiyasi savdoga chiqarilgan va unga kompaniyaning rasmiy sayti orqali buyurtma berish imkoni taqdim etilgan edi. Xiaomi’ning rasman ma’lum qilishicha, mazkur partiyadagi barcha devayslarni atigi 10 soniyadayoq sotib tugatishibdi!

O‘QING: Hindistonda bu Xiaomi’ga sekundiga 1,5 mingta buyurtma berilmoqda

Aytish kerakki, bu yerda gap Hindistondagi savdo natijalari haqida ketmoqda. Diagonali 55 dyuymga teng bo‘lgan Xiaomi Mi LED TV 4 aynan shu mamlakatda taqdim etilgan edi.

Qizig‘i – bu televizorga 39 999 rupiy (624 AQSh dollari) miqdorida narx belgilangan, buni har kimning ham cho‘ntagi ko‘taravermaydi. Shunga qaramasdan, butun partiya 10 soniyadayoq sotib tugatilgani ahamiyatli.

O‘QING: Xiaomi’ning hali taqdim etilmagan geymer-smartfoni AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Xiaomi Mi LED TV 4 xususiyatlariga kelsak, u dunyodagi eng yupqa LED-televizor hisoblanadi. Gadjetning qalinligi bor-yo‘g‘i 4.9 millimetrga teng, ekran tasvirni 4K UHD formatida uzata oladi. Shuningdek, u PatchWall texnologiyasi bilan ham ta’minlangan. Televizorning tizimi o‘z egasiga ma’qul keladigan kontentni kuzatib boradi va shunga mos tavsiyalar beradi. Uning 11 tugmachali masofadan boshqaruv pulti esa Bluetooth orqali ulanadi.

Mi LED TV 4 televizorlarining navbatdagi partiyasi 27 fevralda savdoga qo‘yiladi. Ishlab chiqaruvchi ularning sotuvida ham yana shunday natija bo‘lishidan umid qilmoqda.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, «Xitoycha Apple» qurilmalarining shunaqa katta tezlikda sotilishi avval ham ko‘p uchragan.

O‘QING: Xiaomi Mi 6’ning ilk partiyasi 15 sekundda sotib tugatildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!