Xiaomi o‘zining Redmi 6 Pro smartfonini Bali Blue rangida namoyish etmoqchi

  •   Saroy
  •  3704
  •  05.07.2018 17:34

Xiaomi o‘zining Redmi 6 Pro smartfonini Bali Blue rangida namoyish etmoqchi

Xiaomi kompaniyasi yaqinda Redmi 6 smartfonining  Pro versiyasini namoyish qilgandi. Yangi qurilma beshta rang variantida ko‘rsatildi: Stone Black, Sand Gold, Cherry Blossom Powder, Lake Blue va Flame Red. Endi esa ishlab chiqaruvchi yana bir rang ustida ish olib bormoqda.

Tarmoqlarda Redmi 6 Pro’ning  Bali Blue rangidagisi namoyish etilishi haqida xabar paydo bo‘ldi. Smartfon ertaga sotuvga chiqishi kerak (6 iyulda). Narxi 150 dollardan boshlanadi.

O‘QING:O‘zbekistonda sotilayotgan barcha smartfonlar narxi (2018 yil 4 iyul) – Olcha.uz’da O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi!

Eslatib o‘tamiz, smartfon 5.84-dyuymli displey bilan ta’minlangan. Displeyning formati 2280 ga 1080 piksel, qirqmali  va tomonlar nisbati 19:9. Qurilmaning ishlashini  Snapdragon 625 chipi ta’minlaydi. Devays  uch modifikatsiyali xotiraga ega: 3/32 GB, 4/32 GB va 4/64 GB. Bundan tashqari,  Redmi 6 Pro katta sig‘imdagi akkumyatori biln ham maqtanishi mumkin, chunki uning sig‘imi 4000 mAch va qo‘sh asosiy kameraga ham ega.

O‘QING:Xiaomi Mi A1: Android 8.1’gacha yangilanish nega to‘xtatildi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!