Xiaomi qo‘sh kamerali Mi 5X smartfonini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  2763
  •  26.07.2017 17:29

Xiaomi qo‘sh kamerali Mi 5X smartfonini taqdim etdi

«Xitoycha Apple» deya ta’riflanuvchi bu kompaniya bugun o‘rta narx doirasidagi Mi 5X qurilmasini namoyish qildi. Bu xususda GSMArena.com nashri xabar bermoqda.

Mi 5X korpusi metalldan bo‘lib, uch xil: kul rang, tillarang va pushti ranglarda taqdim etilmoqda. Smartfonning orqa panelida daktiloskopik skaner joylashgan.

Mazkur gadjetning qo‘shaloq ob’yektivli kamerasi xuddi Mi 6 flagmanidagi kabi ishlaydi. Undagi ikkinchi modul tasvirni kattalashtirish hamda orqa fonni xiralashtirgan holda portret-suratlar olish uchun qo‘llanadi.

Xiaomi ushbu mahsulotiga 1 499 yuan (taxminan 220 AQSh dollari yoki 190 yevro) narx belgilagan. Avval xabar berganimizdek, ishlab chiqaruvchi saytida allaqachon unga 200 mingdan oshiq oldindan buyurtma tushgan.

Mi 5X smartfonining xususiyatlari:

Displey: 5,5 dyuymlik.

Ekran sig‘imi: 1920×1080 pikselli.

Protsessor: Snapdragon 625.

Kamera: qo‘shaloq, 12 + 12 Mp.

Xotira: 4 GB tezkor va 64 GB ichki.

Akkumulyator: 3080 mA/soat.

Operatsion tizim: MIUI 9 qobig‘idagi Android 7 Nougat.