Xiaomi rahbari: «Bu ikki smartfonni endi kutmay qo‘yavering!»

  •   DiMaX
  •  2428
  •  21.06.2019 17:48

Xiaomi rahbari: «Bu ikki smartfonni endi kutmay qo‘yavering!»

«Xitoycha Apple» bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) bugun yangi turkumdagi – Xiaomi CC smartfonlarini e’lon qildi. Shu bilan birga, u ikkita lineykadagi smartfonlarning bu yil chiqmasligini ham aytib o‘tdi.

O‘QING: Xiaomi va Meitu yoshlarbop CC smartfonlar brendini taqdim etdi

Ley Szyun so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Xiaomi Mi Max hamda Xiaomi Mi Note turkumida bu yil yangi modeldagi smartfon chiqarmaydi.

Keyingi paytlarda tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, Xiaomi Mi Max turkumi umuman to‘xtatilishi, ya’ni keyingi yillarda ham chiqarilmasligi mumkin.

O‘QING: 1 iyuldan Xiaomi smartfonlari global MIUI beta-proshivkadan mahrum etilyapti!

Xiaomi rahbarining ta’kidlashicha, kompaniyaning smartfonlar bo‘linmalari barcha e’tiborni endi to‘rtta asosiy yo‘nalishga qaratishadi:

  1. Xiaomi Mi – flagman modellar;
  2. Xiaomi Mi Mix – badiiy turkum;
  3. Xiaomi CC – yoshlarbop yangi seriya;
  4. Redmi – hamyonbop smartfonlar.

Shu tariqa, katta ekranli yangi – Mi Max 4 hamda Mi Note 4 modellarini kutayotgan Xiaomi ixlosmandlari endi boshqa rusumlardagi smartfonlarga e’tibor qaratganlari ma’qul.

Masalan, Terashop internet-do‘konimizda turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor. Ulardan aksariyatining narxlari ancha pasaytirilgan, shuningdek, ayrimlarini endi pul o‘tkazish (perechisleniye) yo‘li bilan ham olishingiz mumkin!

O‘QING: Redmi Note 7, Mi 9 SE va Mi Play arzonlashdi – Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishing! (2019 yil 17 iyun)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!