Xiaomi Redmi K50 haqidagi yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Xiaomi Redmi K50 haqidagi yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Xiaomi kompaniyasi Redmi K50 seriyasi smartfonlarini taqdim etishiga oz vaqt qoldi. Xitoydan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qurilmalarga optik barmoq izi skaneri qaytadi. 

O‘QING: Poco M4 Pro smartfonining renderlari e’lon qilindi 

Avvalgi Redmi K40 seriyasining displeyi optik barmoq iziga mos keluvchi OLED paneli bo‘lsa-da, ushbu smartfonlarning barmoq izi skaneri qurilmaning yon tomon romiga o‘rnatilgan edi. Albatta, kompaniya smartfonning narxi oshib ketmasligi uchun ushbu ishni amalga oshirgan. 

Manbada aytilishicha, Redmi K50 Pro+ smartfoni 4 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan Snapdragon 898 chipiga ega bo‘ladi. Ammo Qualcomm yangi chipning qachon chiqishi hamda nomini hali rasman e’lon qilmadi. Agar Redmi K50 seriyasi dekabr oyining boshida chiqsa, ungacha yangi Snapdragon chipi taqdim etib bo‘linadi. 

Xitoydagi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarda Redmi K50 smartfoni nisbatan ertaroq taqdim etilishi aytilgan. Nomi oshkor etilmagan Redmi smartfoni Snapdragon 870 chipi, 6.6 dyuymli OLED displeyi, 67 vatt quvvatlash texnologiyasi hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Texnik jihatlar avvalgi Redmi K40'niki bilan deyarli bir xil. Shuning uchun bu ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lmasligi ham mumkin. 

O‘QING: 55 dollarlik Redmi Watch 2 Xitoyda hit smart soatga aylandi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!