Xiaomi smartfoni xaridida kafolat taloniga e’tiborli bo‘ling!

  •   DiMaX
  •  3482
  •  27.03.2018 17:32

Xiaomi smartfoni xaridida kafolat taloniga e’tiborli bo‘ling!

Butun dunyo bo‘ylab tobora o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan Xiaomi kompaniyasining gadjetlari O‘zbekistonda ham juda xaridorgir. Poytaxtimizda bu kompaniya mahsulotlari uchun rasman kafolat beruvchi servis markazi ochilganligi esa har ikki tomon uchun yanada qulay imkoniyatlarni taqdim etgan.

O‘QING: Xushxabar: Toshkentda Xiaomi servis markazi ochildi!

O‘zbekistonda ham turli elektronika do‘konlarida Xiaomi smartfonlari sotib olish imkoni bor. Ammo biz o‘z muxlislarimizdan xarid chog‘ida e’tiborli bo‘lishlari, kafolat muddati va shartlarini aniqlashtirib olishlarini, ayniqsa, kafolat talonini to‘liq to‘ldirtirib, imzolatib va muhr bostirib olishlarini so‘raymiz.

Bizga yetib kelgan xabarlarga ko‘ra, ayrim joylarda sotuvchilar kafolat talonini bo‘sh holida berib yuborayotgan ekanlar.

Aslida esa, savdo jarayonida kafolat taloni quyidagicha – to‘liq to‘ldirilishi, unda sotuvchi tomonidan barcha kerakli o‘rinlar to‘ldirilishi va imzolanishi darkor. Quyidagi suratda «A.S.» yozuvli oval shaklli shtamp – bu mahsulot uchun Xiaomi servis markazida kafolat xizmatlari ko‘rsatilishini anglatadi. Doirasimon muhr esa – sotuvchining rasmiy muhri bo‘lib, uning manzili sotuvchi tomonidan qo‘lda yozilgan manzilga mos kelishi lozim.

Shuningdek, kafolat talonining ichki tomonida ham albatta sotuvchining muhri tushirilgan bo‘lishi kerak:

Shunday ekan, Xiaomi mahsuloti bo‘lmish biror smartfon yoki boshqa devays sotib olayotganingizda, aldanib qolmaslik uchun kafolat shartlarini aniq bilib olganingiz, kafolat talonining to‘liq, to‘g‘ri va tushunarli to‘ldirishlarini talab qilganingiz ma’qul.

O‘QING: Toshkentda Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlari narxlari (2018 yil 26 mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.