Xiaomi smartfonlariga hali rasman yuborilmagan global MIUI 10 proshivkasini hoziroq o‘rnatish mumkin!

  •   DiMaX
  •  2567
  •  22.06.2018 13:08

Xiaomi smartfonlariga hali rasman yuborilmagan global MIUI 10 proshivkasini hoziroq o‘rnatish mumkin!

May oyining so‘ngidagi matbuot anjumanida Xiaomi korporatsiyasi yangi qurilmalari bilan birga MIUI 10 grafik qobiq tizimini ham namoyish etdi. Mazkur proshivkaning xalqaro versiyasini esa undan keyinroq, Hindistondagi tadbirida ko‘rsatdi.

O‘QING: Xiaomi hamyonbop Redmi Y2 va global MIUI 10’ni rasman taqdim etdi (+video)

Xiaomi smartfonlariga ushbu global proshivka talqinini tarqatish shundan sal keyinroq boshlangan edi. Shunda ham beta-sinov doirasida kompaniyaning ayrim modellardagi telefonlariga, xitoycha proshivka yuborildi. Global MIUI 10 versiyasi esa foydalanuvchilarga joriy yil yozning oxirlarida jo‘natilishi aytilgan.

Ammo Xiaomi EU hamjamiyatidagi qiziquvchilar MIUI 10’ning norasmiy global versiyasini tayyorlashdi – u ingliz va boshqa ayrim yevropacha tillarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi EU ROM deb nomlanuvchi bu proshivka original MIUI 10 China Developer ROM talqiniga asoslangan. Shu bois mazkur operatsion tizimning barcha muhim funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Shu jumladan, foydalanuvchi interfeysidagi ko‘p sonli o‘zgarishlar, dasturlarni ishga tushirishning intellektual algoritmlari, yuzni tanish funksiyasi va boshqalar unda bor.

O‘QING: Qaysi Xiaomi’lar birinchilar qatorida MIUI 10’gacha yangilanadi?

Ayni damda Xiaomi EU ROM proshivkasini quyidagi modellarga o‘rnatish mumkin: Xiaomi Mi 5, Mi 6, Mi 8, Mi 8 SE, Mi MIX, Mi MIX 2, Mi MIX 2S, Mi Note 2, Redmi 5 hamda Redmi Note 5 Pro.

YoDDA TUTING: Xiaomi EU ROM’ni o‘rnatish – smartfoningizni to‘liq qaytadan proshivka qilish, deganidir. Mazkur operatsiya birmuncha murakkabroq bo‘lib, tajribasiz foydalanuvchilarga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Bunda dastlab smartfondagi yuklovchini blokirovkadan chiqarish, keyin chet rekaveri faylini o‘rnatish va shundan keyingina tizim faylini o‘rnatishga kirishish mumkin.

Agarda «xitoycha Apple» smartfonlariga proshivka o‘rnatish bo‘yicha muayyan tajribaga ega bo‘lsangiz, Xiaomi EU ROM proshivkasini ko‘chirib olish uchun, Xiaomi EU hamjamiyatining tegishli loyihasi sahifasiga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin. Har ehtimolga qarshi, ishni boshlashdan avval qurilmadagi ma’lumotlaringizni kompyuterga yoki «bulutli» serverga ko‘chirib turishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Xiaomi'dan yangi MIUI 10: afzalliklari bisyor