Xiaomi smartfonlariga yangi MIUI 9 chiqdi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  1904
  •  09.01.2018 11:51

Xiaomi smartfonlariga yangi MIUI 9 chiqdi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi nafaqat turli modellardagi mobil qurilmalarni chiqarib boradi, balki ularning dasturiy ta’minoti ustida ham muntazam ishlaydi. Jumladan, Android operatsion tizimiga asoslangan holda kompaniya dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan MIUI qobig‘i hamisha takomillashtirib boriladi. Jumladan, 2017 yilning so‘ngida taqdim etilgan yakuniy MIUI 9 proshivkasi Xiaomi’ning barcha smartfonlari ishlash tezligini 20 foizga oshirgan.

O‘QING: Ilg‘or MIUI 9'da ishlaydigan 27 ta "Xiaomi" bir ro‘yxatda

Bugun – 2018 yilning 9 yanvarida kompaniya o‘z proshivkasining yangi – MIUI 9 (8.1.4) talqinini taqdim etdi. Uni allaqachon Xiaomi’ning bir nechta modellardagi smartfonlariga yuklab olib o‘rnatish mumkin.

Aniqroq qilib aytganda, hozirda Xitoy hududidagi, yoki mahalliy bozor uchun ishlab chiqarilgan Xiaomi smartfonlarining proshivkasini MIUI 9 (8.1.4) talqinigacha yangilash mumkin. O‘zbekistonda aynan shunday telefonlar ham savdoda hamda ko‘plab foydalanuvchilarda mavjud. Yaqin orada esa Xiaomi’ning global proshivkali smartfonlari uchun ham mazkur yangilanish joriy etiladi. O‘shanda O‘zbekistondagi «xitoycha Apple» smartfonlarini ham shu versiyagacha yangilab, ro‘yxatda ko‘rsatilgan o‘zgarishlardan bahramand bo‘lish imkoni tug‘iladi.

O‘QING: Cmartfon taqdim etishda Xiaomi chempion! 13 model va narxlar bilan tanishing!

Xullas, MIUI 9 (8.1.4) proshivkasi bilan Xiaomi smartfonlariga tatbiq etiladigan o‘zgarishlar quyidagilardir:

  • Qisqa metrajli videoroliklar uchun yangicha filtr (Mi MIX 2, Mi 6, Mi Note 3);
  • Fotosuratlarni «tanlanganlar»ga qo‘shish yangi funksiyasi;
  • Veb-brauzerning manzil qatorida avtomatik to‘ldirish funksiyasi;
  • Brauzerda yangicha pastki menyu;
  • Xabarlarda satrlarning chap chekkaga tirkab yozilishidagi noto‘g‘riliklar tuzatilgan;
  • «Provodnik»dagi noto‘g‘ri nomlanish – «Kopirovat» endi to‘g‘risiga – «Peremestit»ga almashtirilgan;
  • Uy ekranlarining ishlash tezligi oshirilgan;
  • Yangilanishlar haqida xabar berish funksiyasi foydalanuvchi tomonidan uzib qo‘yilgan hollarda avtomatik yangilanish ishi to‘g‘rilangan;
  • Ba’zida tizim dasturlarining javob bermay qolishiga sabab bo‘lgan muammo bartaraf etilgan;
  • Tezkor javoblardan foydalanishda klaviaturaning ekrandagi tugmachalar ustiga chiqib ketishiga sabab bo‘lgan xatolik tuzatilgan;
  • Barcha interfeyslarning umumiy aks ettirilishi yaxshilangan.

Demak, Xitoy bozori uchun ishlab chiqarilgan Xiaomi smartfonlari egalari shu yaqin kunlar ichida o‘z qurilmasining operatsion tizimini MIUI 9 (8.1.4) proshivkasigacha yangilashlari mumkin. Buning uchun «Sozlamalar» – «Nastroyki» ilovasini ochib, smartfon haqidagi ma’lumotlar aks ettirilgan «O telefone» bo‘limiga o‘tish va «Obnovleniye PO» – dasturiy ta’minotni yangilash tugmachasini bosish lozim.

Xiaomi’ning barcha smartfonlariga to‘laqonli xalqaro MIUI 9 (8.1.4) proshivkasi yanvarning so‘ngigacha taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!