Xiaomi yana bir Apple gadjetining «kushandasi»ni tayyorlayapti

  •   DiMaX
  •  1321
  •  29.10.2018 17:05

Xiaomi yana bir Apple gadjetining «kushandasi»ni tayyorlayapti

Ushbu kompaniyani kimdir havas, kimdir kinoya bilan «xitoycha Apple» deydi. U esa shunga mos holda, kupertinolik gigantning mahsulotlariga o‘xshash sifatli, ammo ancha arzon bo‘lgan turli-tuman gadjetlar tayyorlayveradi.

O‘QING: AliExpress: Xiaomi'ning siz eshitmagan 8 mahsuloti

Mysmartprice resursi bergan xabarga ko‘ra, Xiaomi yaqin orada simsiz quloqchin namoyish etadi. Mi AirDots nomli ushbu devays tashqi ko‘rinishidan Apple AirPods garniturasiga juda o‘xshash, shu bilan birga undan yaxshi, ammo arzon ham bo‘ladi.

Xiaomi Mi AirDots nafaqat hamyonbop narxi, balki ovozni yaxshi yangratishi, quvvati uzoqroq vaqtga yetishi kabilar bilan ham havasni uyg‘otadi, demoqda manbalar. Ushbu simsiz quloqchin Bluetooth 4.2 yoki yanada yangi – Bluetooth 5.0 moduli bilan ta’minlanadi. Lekin Xiaomi Mi AirDots narxi hamda taqdimot sanasi hozircha aniq emas.

O‘QING: Xiaomi 7 dollarlik yangi gadjetini ham «sun’iy ong» bilan ta’minladi!

Ayni damda Terashop.uz internet-do‘konimizda «xitoycha Apple»ning ayrim modellardagi quloqchinlari savdoga qo‘yilgan. Ularning xususiyatlari va suratlari bilan tanishish uchun, shuningdek, onlayn buyurtma berish uchun quyidagi ro‘yxatda tegishli gadjet yonidagi «Sotib olish» so‘ziga joylangan havola orqali o‘tishingiz mumkin:

  1. Xiaomi Mi Bluetooth Headset Basic, Black – 149 000 so‘m (Sotib olish)
  2. Xiaomi Mi Sports Bluetooth White – 285 000 so‘m (Sotib olish)
  3. Xiaomi Mi Sports Bluetooth Black – 285 000 so‘m (Sotib olish)

Shuningdek, Terashop.uz’da bu kompaniyaning turli-tuman rusumlardagi smartfonlari ham qulay narxlarda taklif etiladi.

O‘QING: Black Shark, Pocophone F1 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 25 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!