Xiaomi yana bitta yangi brend ostida selfi-smartfonlar chiqaradi

  •   DiMaX
  •  1486
  •  20.11.2018 16:16

Xiaomi yana bitta yangi brend ostida selfi-smartfonlar chiqaradi

Xitoydagi Meitu kompaniyasi o‘zining smartfon ishlab chiqarish biznesini Xiaomi korporatsiyasiga sotishga qaror qildi. Uning o‘zi bu brendga shuhrat keltirgan asosiy omil – fotosuratlarni qayta ishlash texnologiyalariga  asosiy urg‘u bermoqda.

O‘QING: Selfiga «shaydo» ayollar uchun maxsus smartfon taqdim qilindi

Aytish kerakki, Meitu o‘zining ilk smartfonini 2013 yili taqdim etgan va o‘shandan buyon 3,5 millionta qurilma sotgan. Lekin smartfonsozlik biznesi uning uchun ziyon keltirgan va 2018 yilga kelib, umumiy zarari 173 million AQSh dollariga yetgan.

Xitoydan tashqarida Meitu kompaniyasi 2017 yilga kelibgina, uning selfilarni qayta ishlovchi ilovasi App Store va Play Market kataloglariga joylanganidan so‘ng shuhrat qozongan.

O‘QING: Ayollar uchun maxsus to‘plam: virtual pardoz ilovalari

Endi esa Meitu brendi ostidagi smartfonlarni loyihalash, dasturiy ta’minotini tayyorlash va sotish bilan Xiaomi shug‘ullanadi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, «xitoycha Apple» bu qurilmalar savdosidan tushadigan mablag‘ning o‘n foizini Meitu’ga to‘laydi. Besh yildan so‘ng yoki sotuvlarning umumiy hajmi ma’lum bir nuqtaga yetgach, kompaniyalar boshqacha shartlar asosida to‘lashga o‘tadilar.

Meitu brendli yangi rusumdagi smartfonlarni Xiaomi qachondan taqdim etishi hozircha aniq emas. Lekin «xitoycha Apple»ning shu paytgacha dunyo bozoriga chiqarilgan aksariyat telefonlarini 839 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 20 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!