Xiaomi’ning barcha do‘konlari yopilyapti – vaziyat o‘ta jiddiy!

  •   DiMaX
  •  11527
  •  28.01.2020 08:42

Xiaomi’ning barcha do‘konlari yopilyapti – vaziyat o‘ta jiddiy!

Xitoyda avj olayotgan koronavirus tufayli ayrim shaharlar karantinga olingan, yirik ommaviy tadbirlar to‘xtatilgan. Jumladan, «Xitoycha Apple» ham o‘zining navbatdagi flagmanlari – Xiaomi Mi 10 smartfonlarining to‘laqonli taqdimotini bekor qilishi aytilgan.

O‘QING: Koronavirus qayerda qanchalik tarqalmoqda? Buni ko‘rsatuvchi onlayn servis ishga tushdi!

Bugina emas – Xiaomi rasman e’lon qilishicha, bugun – 28 yanvardan Xitoyning turli shaharlarida joylashgan barcha savdo do‘konlarini yopyapti. Sababi o‘sha – kasallik tarqalishiga oz bo‘lsa-da qarshilik qilish, epidemiya yanada kuchaymasidan turib profilaktika ishlariga hissa qo‘shish.

Rasmiy xabarga ko‘ra, agarda koronavirus xavfi bilan bog‘liq vaziyat yanada og‘irlashmasa, Xiaomi o‘z do‘konlarini 3 fevraldan qayta ochadi. Ungacha esa xitoyliklar kompaniya mahsulotlarini uning rasmiy saytidan yoki Xiaomi Mall ilovasi orqali onlayn xarid qilishlri mumkin. Tovarlarni yetkazib berish ishlari odatdagi rejimda ishlashda davom etaveradi.

Eslatib o‘tamiz – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri fuqarolarimizga Xitoyga, zarurat bo‘lmaganda, xorijga vaqtinchalik chiqmaslikni tavsiya qilgan. Shuningdek, vazirlik Jizzaxda koronavirus infeksiyasi tarqalganligi haqidagi xabarlar asossiz ekanligini ham aytgan.

O‘QING: Bill Geyts: «Dunyoni bioterror xavfi kutmoqda!»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.