Xitoy smartfonlari ilk marotaba iPhone'ni dog‘da qoldirishdi

Xitoy smartfonlari ilk marotaba iPhone'ni dog‘da qoldirishdi

2018 yilning may oyiga kelib iPhone brendi ilk marotaba ko‘plab mamlakatlarda "eng ko‘p foydalaniladigan smartfon brendi" nomini qo‘ldan boy bera boshladi. Jumladan, bu holat bizga yaqin mintaqa bo‘lgan Rossiyada ham kuzatildi. Bu to‘g‘rida mamlakatning «Vedomosti» nashri smartfon yetkazib beruvchi riteylerlarga asoslanib ma’lumot taqdim qilgan. Hozircha rossiyalik smartfon foydalanuvchilarning aksariyati Honor 9 Lite modelidan faol foydalanishadi va ushbu modelni xarid qilishni ma’qul ko‘rishmoqda. Undan keyingi o‘rinda iPhone SE modeli turibdi.

Honor 9 Lite
«Vedomosti»da yozilishicha, Honor 9 Lite o‘rta narxli bo‘lish barobarida yuqori imkoniyatli smartfon. Hozircha mamlakatda eng ko‘p sotilayotgan mazkur devaysga ehtiyoj yuqori. 

Honor 9 Lite displeyining diagonali 5,65 dyuym, sig‘imi esa 2160x1080 belgiga teng. Ekran tomonlarining nisbati 18:9 ga teng va u IPS matritsali. To‘g‘risi, har dyuymda 428ppi pikselning bo‘lishi barcha foydalanuvchilarni birdek xursand qiladi.

O‘qing: 6 oy o‘tdi: Yilning eng yaxshi smartfonlarini aniqlaymiz

Huawei Honor 9 Lite modeliga qo‘sh sensorli bosh kamera texnologiyasini ham ustalik bilan o‘zlashtirgan va bu gadjetida tatbiq qilgan. Hatto, bu gal selfilar uchun ham 2 ta kamera moduli o‘rnatilgan.

O‘qing: Counterpoint: Eng xaridorgir o‘rta narxli smartfon aniqlandi

iPhone SE
iPhone SE modeli ham rossiyalik xaridorlar orasida o‘z o‘rnini yo‘qotgani yo‘q. Biroq mazkur modelga nisbatan talab sekin-asta tushib bormoqda. Va, bu holatni to‘g‘ri tushunish mumkin. Sababi, bu ayfonning ikki yil mobaynida yaxshi sotilganining o‘zi ham katta natija hisoblanadi

O‘qing: iPhone SE (2017): yilning eng munosib o‘rtahol smartfoni

Huawei smartfonlari
Joriy yilning aprelidan boshlab Honor va Huawei brendlarining smartfonlari Rossiya smartfon bozorida yaxshi sotilmoqda. Bunda Honor 10 subflagmanining taqdim etilishining ahamiyati yuqori. Narx va sifat, imkoniyatlar nisbatining me’yorida ekani, reklamaning yaxshi borayotgani hisobiga ham ushbu model tez ommalashmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!