Xitoyliklar smartfonda Wi-Fi-internetni tezlashtirishning zo‘r yo‘lini topishdi!

  •   DiMaX
  •  2139
  •  18.07.2019 17:41

Xitoyliklar smartfonda Wi-Fi-internetni tezlashtirishning zo‘r yo‘lini topishdi!

Vivo kompaniyasi smartfonsozlikka ko‘plab innovatsion texnologiyalar, jumladan, korpus ichidan chiquvchi kamera hamda displeyosti taktiloskopik datchik kabilarni olib kirgan. U endi smartfonda internetdan foydalanishni yanada tezkorroq qilish yo‘lini ham kashf etdi.

O‘QING: Redmi, Huawei, OnePlus va Vivo smartfonlari uchun ekranosti barmoq izi skaneri ishlab chiqarayotgan kompaniya

Yangi texnologiya sababli smartfon bir vaqtning o‘zida ikkita Wi-Fi nuqtasiga ulanadi. Bu esa internetning tezkorligini va o‘yinlarda barqarorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Vivo Dual Wi-Fi Acceleration deb nomlanuvchi mazkur texnologiya 2,4 hamda 5 gigagerslik chastotalarning sinxron ishlashini ko‘zda tutadi. Ushbu funksiya kompaniyaning ilk 5G-smartfoni – MWC Shanghai 2019 ko‘rgazmasida namoyish etilgan iQOO 5G modelida qo‘llanadi. Uning boshqa smartfonlarga tatbiq etilishi xususida hozircha biror ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Smartfonni endi 13 daqiqadayoq 100 foizga quvvatlash mumkin bo‘ladi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!