Xotirani mustahkamlaydigan yozuv yaratildi

  •   Saroy
  •  970
  •  06.10.2018 10:45

Xotirani mustahkamlaydigan yozuv yaratildi

Harflarni o‘ziga xos tarzda yozish xotirada ushlab turish effektini beradi va shu bilan birga  miyani zo‘riqtirmaydi.

Sans Forgetica deb nomlangan harflar majmui tipografiya va ruhiyat kesimida yaratilgan. U «hayolni bir joyga jamlash» konsepsiyasiga asoslangan bo‘lib, o‘quvchi uchun vazifa qiyinlashsa undagi ijodiy fikrlashni rag‘batlantiradi va natijada  ma’lumotni yanada yaxshi eslab qoladi.

Bir xil ko‘rinishdagi terilgan matn o‘quvchini charchatadi: harflar va so‘zlar bir-biriga qarishib ketadi va ularni ajratib o‘qish qiyinlashadi. Agar matn  turli shriftlar bilan terilsa, miya u harfdan bu harfga o‘tish uchun qo‘shimcha resurslarni ishga solishga to‘g‘ri keladi. Yangi shriftni oltin o‘rtalik deyish mumkin. Sans Forgetica’ning asosiy o‘ziga xosligi harflarda bo‘sh joylarni tanlashi. Ular shunday joylashadiki, odam har bir harfni o‘qishga salgina ko‘p vaqt sarflaydi, lekin matnni eslab qolishda qiynalmaydi.

O‘QING:Xiaomi arzon flagmanining xotirasini ikki karra kuchaytirib, atigi 338 dollardan sotmoqchi

Tadqiqot 400 nafar universitet talabalarida sinab ko‘rildi, yangi shrift matnlarni yodlab olishda yaxshi samara berdi. «Odmlar tez-tez kitobga qaraydilar, lekin o‘qiganlarini umuman yod olmaydi. Sans Forgetica esa eng yaxshi qabul qilish hudidiga kiradi va matnni  o‘qishda yetarli darajada qiyinchilik yaratadi. Bu esa ularni xotirada ushlab qolishga qiziqtiradi», — deydi shrift yaratgan Melburn qirollik texnologiyalar instituti vakillari. Ixtirochilar yangi yozuvlarni  sansforgetica.rmit tarmog‘iga joyladilar, endi uni tekinga o‘rnatib olsa bo‘ladi

O‘QING:Google Chrome eSpectr’dan himoyalandi, lekin xotira iste’moli ortdi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!