Xushxabar: endi Telegram’ga bir nechta akkaunt qo‘shish mumkin!

  •   DiMaX
  •  5957
  •  30.12.2017 13:48

Xushxabar: endi Telegram’ga bir nechta akkaunt qo‘shish mumkin!

Telegram messenjerida ikki yoki undan ortiq akkaunt ochib, keyin ulardan biriga kirish uchun ikkinchi akkauntdan chiqib ketib yurgan foydalanuvchilar bor. Yangi yil bayrami arafasida shu kabi yuzerlar uchun ajoyib xushxabar chiqdi. Ya’ni, mazkur messenjerda endi bir nechta akkaunt ochib, ularni bitta ilovada ishlatish imkoni taqdim etildi!

O‘QING: Android uchun Telegram 4.6 talqinigacha yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Aytish kerakki, bu funksiya hozircha messenjerning Android tizimli qurilmalarga mo‘ljallangan beta-versiyasidagina mavjud. Ushbu ilovani mana bu havola orqali messenjerdagi Telegram Beta Blog kanalidan ko‘chirib olib o‘rnatishingiz mumkin. Bunda u Play Market orqali o‘rnatilgan standart Telegram ilovasining o‘rniga joylashadi.

Ushbu beta-talqindagi kliyentni o‘rnatib olgach, unga uchtagacha akkaunt qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi. Menyu orqali ularning biridan boshqasiga o‘tish imkoni taqdim etiladi.

 

Ilovaning interfeysi mavzusi barcha akkauntlar uchun bitta bo‘ladi, har biri uchun alohida mavzu o‘rnatish imkoni yo‘q. Boshqa sozlamalar esa bitta Telegram ilovasidagi har bir akkaunt uchun alohida sozlanadi.

O‘QING: Durov kriptovalyuta chiqarib, Telegram foydalanuvchilarini ham millionerga aylantirmoqchi (+video)

Telegram orqali yangi xabar kelgani haqida smartfon ekrani yuqorisiga chiquvchi bildirishnomalarda xabarning qaysi akkauntga kelganligi ham aks etadi. Bu esa akkauntlarda chalkashliklarning oldini oladi.

Messenjerning beta-talqiniga tatbiq etilgan mazkur yangi funksiya haqida hozircha rasmiy xabar ham berilmagan, ammo allaqachon bu imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin. Bu borada yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lib borish uchun bizdan uzoqlashmang!

O‘QING: Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!