Xushxabar: Telegram Desktop ham yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  1603
  •  11.12.2017 12:33

Xushxabar: Telegram Desktop ham yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Telegram messenjerining kompyuter va noutbuklarda ishlovchi Telegram Desktop ilovasi ham 1.2.0 talqiniga qadar yangilandi. Bu haqda messenjerdagi Telegram Live kanali xabar bergan.

Aytilishicha, Telegram Desktop’ning barqaror ilovasi ham, uning sinovchilarga mo‘ljallangan Alpha-talqini ham 1.2.0 yangilanishiga ega bo‘lgan.

O‘QING: Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?

Telegram Desktop 1.2.0 versiyasidagi yangi taqdim etilgan imkoniyatlar va o‘zgarishlar asosan quyidagilardan iborat:

  1. Dizayn yaxshilangan: muloqotdagi profil, guruh yoki kanal haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib turuvchi yon panel qo‘shilgan; uni yoqib/o‘chirib qo‘yuvchi tugmacha esa yuqorida – ustma-ust joylashgan uchta nuqta ko‘rinishidagi menyu tugmachasi yonida joylashgan.
  2. Kanallarda endi biror xabarni (postni) biriktirib qo‘yish imkoniyati bor.
  3. Superguruhlarda xabarlar tarixini tozalash imkoniyati qo‘shilgan.
  4. Botlar bilan yozishmalardagi «Udalit soobщyeniye u {ism}» қисми олиб ташланган.
  5. Superguruhlarda sana bo‘yicha xabarlarga o‘tishda endi, guruhdagi superguruhga aylantirilmasidan oldingi xabarlar ham inobatga olinadi.
  6. Guruhlar va superguruhlarda xabarlarda «administrator» belgisining aks ettirilishi qo‘shilgan.
  7. Avatarsiz foydalanuvchilar bilan yozishmalarda belgicha foni endi xuddi Android-ilovadagi kabi aks ettiriladi.
  8. Oldingi versiyalarda menyuni ochganda yuqori qismda turadigan «Bulut» ham, xuddi Android va iOS uchun ishlab chiqilgan ilovalardagi kabi, endi menyu ro‘yxatiga ko‘chirilgan va «Saqlangan xabarlar» (yoki «Tanlanganlar») deb nomlangan.

O‘QING: Telegram va WhatsApp’dagi o‘chirilgan xabarlarni ham o‘qish yo‘li topildi!

Aytish kerakki, messenjerning yangilangan desktop ilovasi turli operatsion tizimlardagi kompyuter va noutbuklar uchun alohida-alohida taqdim etilgan. Ulardan o‘z qurilmangizga mosini ko‘chirib olib o‘rnatish uchun mana bu havola orqali tegishni sahifaga o‘tishingiz mumkin. Sinovchilar esa Telegram Desktop’ning 1.2.0 Alpha-talqinini ko‘chirib olish uchun ushbu havola orqali o‘tishlari lozim.

Shuningdek, Telegram messenjerining 4.6 talqinigacha yangilangan Android-ilovasidagi o‘zgarishlar haqida mana bu, iOS-ilovasidagi qo‘shimcha imkoniyatlar haqida esa mana bu maqolalarimizdan ma’lumot olishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!