Xushxabar: Telegram rasman ruschalashtirildi va boshqa imkoniyatlar taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  3050
  •  11.10.2017 12:34

Xushxabar: Telegram rasman ruschalashtirildi va boshqa imkoniyatlar taqdim etildi!

Telegram messenjeri ishlab chiquvchilari ilovaning yangilangan 4.4 talqinini taqdim etishdi. Bu haqda uning asoschisi Pavel Durov o‘z Telegram-kanalida xabar bergan.

Mazkur talqinning e’tiborga molik jihatlaridan biri – unga rasman rus tili ham kiritilganligidir. Bilamizki, avval bu ilovaga rus tilini qo‘shish uchun maxsus botdan foydalanilar edi.

Rus tilidan tashqari, Telegram’da yana fransuz, indonez, malay va ukrain tillaridagi lokalizatsiya ham kiritilgan. Durovning va’dasiga ko‘ra, yaqin orada messenjerda fors tili ham joriy etiladi.

Shuningdek, Telegram foydalanuvchilari endi o‘zlarining ayni damdagi joylashuvlarini (geopozitsiyalarini) real vaqt rejimida messenjerdagi istalgan bir chat orqali xabar qilishlari mumkin. Bulardan tashqari, dasturning musiqa pleyeri ham yangilangan.

Telegram ilovasining so‘nggi talqinini ko‘chirib olish uchun Android-qurilmalar sohiblari mana bu, iOS-devayslar egalari esa mana bu havolalar orqali o‘tishlari mumkin.

 «Terabayt.Uz» sayti tavsiya etgan foydali Telegram-kanallar bilan esa ushbu maqolamizda tanishing.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.