Xushxabar: Toshkentda Xiaomi servis markazi ochildi!

  •   DiMaX
  •  9575
  •  19.02.2018 13:31

Xushxabar: Toshkentda Xiaomi servis markazi ochildi!

O‘zbekiston bozorlarida hozirda eng ko‘p talab bilan sotilayotgan smartfonlar qatorida Xiaomi kompaniyasi mahsulotlari ham bor. Endi poytaxtimizda mazkur kompaniyaning rasmiy kafolat markazi ham ochildi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Ushbu markaz Toshkentdagi elektron texnika mahsulotlarining yirik bozori – «Fleshka» texnomarkazi (xalq tilida – «Malika» bozori)da joylashgan. Bog‘lanish uchun telefon raqami: (+99871) 200-30-05. Markazning sayti esa hozirda ishlab chiqish jarayonida.

Xiaomi servis markazida ushbu kompaniya mahsulotlariga xizmatlar ko‘rsatiladi. Shuningdek, bevosita shu yerning o‘zida smartfonlarni xarid qilish imkoni ham bor.

19 fevralda «Terabayt.Uz» saytining Facebook-sahifasida ayni mana shu kafolat markazidan jonli efir olib borilgan. Uni mana bu havola orqali o‘tib, tomosha qilishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi'dan yaxshi smartfon tanlaymiz, bu – oson ish emas!

Xiaomi kompaniyasining Toshkent shahridagi rasmiy servis markazida bepul kafolat xizmatlari olish uchun, xarid qilinayotgan Xiaomi smartfonining jamlanmasida uning O‘zbekistonda rasman sotilayotganligini tasdiqlovchi tegishli belgilar bo‘lishi lozim. Bular esa quyidagi maqolamizda batafsil ta’riflangan va videoda ham ko‘rsatilgan:

O‘QING: Xiaomi smartfonlari kafolat shartlarini bilib oling va Redmi 5 Plus videotavsifini tomosha qiling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.