Xushxabar: YouTube’da barcha harakatlarni endi maxfiy amalga oshira olasiz!

  •   DiMaX
  •  1330
  •  14.07.2018 17:21

Xushxabar: YouTube’da barcha harakatlarni endi maxfiy amalga oshira olasiz!

Internetdagi deyarli barcha harakatlaringiz qatori, tomosha qilgan videolaringiz tarixi ham saqlanib qolishini bilsangiz kerak. Jumladan, mashhur YouTube orqali nimalarni ko‘rganingizni mutaxassislar aniqlay olishadi.

O‘QING: Raqamli barmoq izi va uni yashirish

Endi Android-smartfoningizda YouTube ilovasini ishlatayotib, mazkur videoxostingdagi izlash va ko‘rishlaringiz tarixini yashirish imkoni taqdim etildi. Uni faollashtirish uchun shunchaki ilova interfeysining yuqori o‘ng burchagida joylashgan avataringiz ustiga bosasiz, keyin esa «Inkognito rejimini yoqish» «Vklyuchit rejim inkognito» bandini tanlaysiz.

Ushbu maxfiy rejimni yoqqaningizdan so‘ng, avatardagi rasmingiz o‘rniga shlyapa kiygan va ko‘zoynak taqqan kishi paydo bo‘lib qoladi. Sahifaning eng pastki qismida esa tegishli bildirishnoma paydo bo‘ladi.

O‘QING: YouTube’ni qulayroq qiluvchi qo‘shimchalar

Inkognito rejimida bo‘lgan paytingizdagi ko‘rgan videoroliklaringiz tarixini va boshqa harakatlaringizni YouTube servisi saqlab qolmaydi. Ammo bunda siz butkul «avtonom» holatda bo‘lasiz – o‘zingiz obuna bo‘lgan kanallar ro‘yxati, bildirishnomalar hamda ko‘rishlaringiz tarixiga ham kira olmaysiz. Bulardan biriga o‘tmoqchi bo‘lsangiz, avval maxfiy rejimni o‘chirishingizni talab etuvchi bildirishnoma chiqadi.

Odatiy rejimga qaytish uchun yana avatar belgichasiga bosishingiz lozim, u yerdan endi «Inkognito rejimini o‘chirish»«Otklyuchit rejim inkognito» bandini tanlaysiz.

YouTube’dagi ushbu yangi funksiya Android-ilovaning 13.24.59 va undan keyingi talqinlarida mavjud. Undan foydalanish uchun mana bu havola orqali ilovani yuklab (yoki yangilab) oling.

O‘QING: Brauzerda qidiruvlar tarixini tozalaymiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!