XXI asrning eng zo‘r o‘yinlaridan birini 5 maygacha olib, bir umr bepul o‘ynash mumkin! (+video)

  •   DiMaX
  •  2308
  •  29.04.2020 14:09

XXI asrning eng zo‘r o‘yinlaridan birini 5 maygacha olib, bir umr bepul o‘ynash mumkin! (+video)

Turli o‘yin studiyalari koronavirus pandemiyasi tufayli karantin sharoitida kishilar uylarida qolishlari uchun o‘z mahsulotlarini bepul tarqatishmoqda. Masalan, Total War: Shogun 2 strategik sarguzasht o‘yinni 1 maygacha olsangiz, bir umr bepul o‘ynaysiz!

O‘QING: 30 aprelgacha For the King o‘yinini bepul olib ulguring! (+video)

Ubisoft kompaniyasi ham ommabop Assassin's Creed 2 o‘yinini butunlay bepul tarqatishga qaror qildi. Eslatib o‘tamiz, u The Guardian nashri tuzgan XXI asrning eng zo‘r ellikta o‘yini reytingiga kirgan.

Uni olish uchun mana bu havola orqali Ubisoft saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim. Faqat yodda tuting: o‘yinning mazkur nashrida rus tili ko‘zda tutilmagan, inglizchada o‘ynaysiz. Quyida esa o‘yinning ruscha tarjimali treylerini tomosha qilamiz:

Assassin's Creed 2 o‘yinining bepul tarqatilishi 1 may kuni, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanib, 5 may kuni soat 22:00 gacha davom etadi. Demak, shungacha o‘zingiz registratsiyadan o‘tib, mazkur xabarni do‘stlaringizga ham ulashib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: Eng ommabop o‘yin Google Play’ga ham chiqdi – endi bemalol olib o‘ynang! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!