Yahoo bor-yo‘g‘i 50 dollarlik smartfon taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1125
  •  02.11.2020 16:10

Yahoo bor-yo‘g‘i 50 dollarlik smartfon taqdim etdi

Bir paytlar o‘zining qidiruv va pochta xizmatlari bilan yetakchi bo‘lgan Yahoo kompaniyasining smartfon ishlab chiqarish biznesi hozirda AQShdagi yirik Verizon uyali aloqa operatoriga qarashli. Mazkur brend ostidagi ilk smartfon esa ZTE kompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

O‘QING: Xitoyliklarning o‘zlari eng ko‘p qaysi smartfonlarni olishyapti?

Ushbu telefon Yahoo Mobile ZTE Blade A3Y nomini olgan bo‘lib, 5,45 dyuymlik FullVision displey bilan ta’minlangan. Ekranning tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda, tasvir aniqligi esa 720x1440 pikselga teng. Smartfonga 2 gigabaytlik tezkor va 32 gigabaytlik doimiy xotira o‘rnatishgan. Android 10 tizimli qurilmaning orqa panelida barmoq izi skaneri bor, yana old kamera yordamida egasini yuzidan tanib olish orqali ham tizimni qulfdan chiqaradi.

Yahoo Mobile ZTE Blade A3Y «elektron yuragi» sifatida MediaTek Helio A22 protsessori tanlangan, akkumulyatorining tok sig‘imi 2660 mA/soatlik. Uning bosh kamerasi 8, selfi-kmerasi esa 5 megapiksellik. Telefon korpusining o‘lchamlari 146x70x9,6 millimetrga, vazni esa 161,8 grammga teng.

Ushbu smartfon o‘ta arzonligi bilan ham e’tiborga loyiq: Verizon o‘z mijozlariga Yahoo Mobile ZTE Blade A3Y modelini atigi 50 dollardan sotyapti. Tag‘in shu narx ichida cheklanmagan miqdorda so‘zlashuvlar, matnli xabarlar hamda 4G LTE tarmog‘ida internet ham taklif etilayotganiga esa qoyil qolmaslikning iloji yo‘q!

O‘QING: O‘ttiz to‘rt dollarlik 5G-smartfonga nima deysiz?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!