Yana bir Samsung smartfoni Android 11'ni qabul qilishga tayyor

Yana bir Samsung smartfoni Android 11'ni qabul qilishga tayyor

Samsung o‘zining ko‘plab Galaxy smartfonlariga Android 11 tizimini yetkazib berishga harakat qilmoqda. Endigi navbat 2019 yilda ishlab chiqarilgan A70 gadjetiga.

Smartfon o‘tgan yili fevral oyida Android 10 tizimiga o‘tgan edi. Endi esa A70 Android 11 operatsion tizimi va OneUI 3.1 qobig‘i bilan ta’minlanadi. Yangilanish may oyigacha davom etadi.

O‘QING: Android 11 tizimiga o‘tuvchi Galaxy smartfonlari soni yana bittaga ko‘paydi

Yangi proshivka hozirda Ukrainada ulashilyapti. Tez orada esa boshqa davlatlarda ham A70 smartfoniga Android 11 jo‘natiladi.

Proshivka model raqami A705FNXXU5DUC6 bo‘lib, uning hajmi 1.9GB'ni tashkil qiladi. Yangilanish 2021 mart xavfsizlik patchini ham o‘z ichiga olgan.

A70 smartfoni eng oxirgi Android yangilanish va OneUI qobig‘ini qabul qilyapti. Katta ehtimol bilan ushbu gadjetga Android 12 tizimi kelmaydi.

O‘QING: Samsung ikki yillik smartfonlariga ham Android 11 bazasidagi One UI 3.1 proshivkasini tarqatyapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!