Yana bir Xiaomi qurilmasining narxi rekord darajada pastladi

Yana bir Xiaomi qurilmasining narxi rekord darajada pastladi

Mashhur Xiaomi Mi Band 6 fitnes-bilaguzukning global versiyasi Aliexpress onlayn-do‘konida 33 dollar narxda sotilmoqda, uning asl narxi 60 dollarni tashkil qilar edi. Ushbu aksiya ikki kun davom etadi. 

Xiaomi Mi Band 6 fitnes-bilaguzugi 1.56 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan, unda 130 dan ortiq mavzular mavjud. Qurilma yugurish, velosipedda yurish, eshkak eshish va boshqa jismoniy faoliyat turlarini qayd etib boradi. Shuningdek, u 30 ta mashq rejimiga ega. Ushbu versiyada NFC moduli mavjud emas. 

Bundan tashqari, Xiaomi Mi Band 6 yurak urish tezligi hamda qondagi kislorod miqdorini aniqlay oladi, shuningdek, u uyqu sifati va davomiyligini kuzatishi mumkin. Qurilma o‘zidan suv o‘tkazmaydi, to‘liq quvvat bilan 14 kun ishlab bera oladi. Qurilmani quvvatlash magnitli adapter yordamida amalga oshiriladi. 

O‘QING: Xiaomi flagmanlarini ikki barobar arzonroqqa sotib oling 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!