Yana bitta loyiha «Google qabristoni»ga ketyapti

  •   DiMaX
  •  987
  •  20.05.2019 15:35

Yana bitta loyiha «Google qabristoni»ga ketyapti

Joriy yilning aprel oyi boshida Google kompaniyasi o‘zining uchta loyihasini yopayotgani haqida xabar bergandik. Endi esa 2015 yili taqdim etilgan Jump VR platforma ham ularning ortidan yo‘l oldi.

O‘QING: Google yana uchta mahsulotini o‘z «qabriston»iga jo‘natdi

Jump VR platformasi o‘n oltita GoPro kamerasidan iborat konstruksiyani hamda virtual reallik uchun kontent yaratuvchi maxsus dasturiy ta’minotni o‘z ichiga olgan edi. Aftidan, uning uchun talab ko‘ngildagidek bo‘lmagan.

Xabarga ko‘ra, 26 iyunda kompaniya Jump orqali suratga olingan materiallarni qayta ishlash uchun qabul qilishni to‘xtatadi. 28 iyundan esa mazkur loyiha ma’lumotlarini va profillarni yo‘q qila boshlaydi.

Google’ning ta’kidlashicha, Jump VR platformasi taqdimotidan hozirgacha o‘tgan vaqt mobaynida bozorda muqobil mahsulotlar ko‘paydi va unga talab pasayib ketgan.

O‘QING: «Google qabristoni»ga bir nazar: unda nimalar «dafn etilgan»?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!