Yana ikkita tarif rejasida internet tezligi 150 foizga oshdi!

  •   DiMaX
  •  2551
  •  27.07.2019 17:33

Yana ikkita tarif rejasida internet tezligi 150 foizga oshdi!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi 2019 yil 27 iyuldan boshlab UNLIM 4 va UNLIM 6 tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Bu to‘g‘rida kompaniya rasmiy saytida xabar berilgan.

O‘QING: «O‘zbektelekom» internet tezligini ikki barobargacha oshiryapti!

Xabarga ko‘ra, 2019 yil 27 iyuldan boshlab UNLIM 4 va UNLIM 6 tarif rejalaridan foydalanuvchi Uzonline abonentlari uchun ulanish tezligi bir yarim baravarga ortadi va mos ravishda 6 va 10 Mbit/s ni tashkil qiladi, oylik abonent to‘lovi esa o‘zgarishsiz qoldiriladi. Shu tariqa, endi 6 Mbit/soniya tezlikdagi cheksiz Internet narxi 99000 so‘mni, 10 Mbit/soniya tezlikda bo‘lgan tarif rejasi esa 119000 so‘mni tashkil etadi.

Internetga ADSL texnologiyasi orqali ulangan UNLIM 6 tarif rejasidagi abonentlar uchun tarifning arzonlashtirilgan narxi 99000 so‘mni tashkil qiladi. Yangi narx 2019 yil 27 iyuldan boshlab keyingi hisobot davrining birinchi kunidan amal qiladi (har bir abonent uchun alohida shaklda).

O‘QING: «O‘zbektelekom» yuqori tezlikdagi internetini 22 foizga arzonlashtirdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!