«Yandeks.Metro» ilovasi Toshkent shahrida ishga tushirildi

  •   DiMaX
  •  1262
  •  15.03.2019 10:43

«Yandeks.Metro» ilovasi Toshkent shahrida ishga tushirildi

O‘zbekiston poytaxtida ham shahrida «Yandeks.Metro»ning mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xizmati xabar qilgan.

O‘QING: Istalgan joyda, hatto metroda ham ishlaydigan «lazerli GPS» yaratildi!

Ushbu ilova yordamida shahar aholisi va unga tashrif buyurgan sayyohlar metroda kerakli marshrutni ko‘rishlari, qayerda boshqa yo‘lga o‘tishni va safar qancha vaqtni olishini bilib olishlari mumkin.

Foydalanuvchi jo‘naydigan va chiqadigan stansiyalarini ko‘rsatishining o‘zi kifoya – «Yandeks.Metro» kerakli o‘tish yo‘lagi yoki shaharga chiqish joyida bo‘lish uchun eng qulay bo‘lgan marshrut va vagonni ko‘rsatadi. Ilovada har bir stansiyaning ish vaqti va ularning shahar xaritasida joylashgan joyini ko‘rish mumkin. Agar stansiya ta’mirlash uchun yopilsa, bu sxemada ko‘rsatiladi.

«Yandeks.Metro» ilovasi yordamida temir yo‘l vokzali va avtobuslar shohbekatiga yetib olish osonlashadi – ular sxemada maxsus belgi bilan ko‘rsatilgan. Bu xizmat chet mamlakatlarda ham yordam beradi: ilovada Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg hamda Rossiya, Belarus, Ukraina va Turkiyadagi yana 10 ta shahar metrolarining sxemalari mavjud.

Ilovadan Android va iOS tizimida foydalanish mumkin, u internetsiz ishlaydi. Foydalanuvchilar metro sxemasi tilini tanlashlari mumkin – o‘zbek tili yoki rus tili. Yaqin kelajakda sxemada Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari va boshqa foydali mo‘ljallar paydo bo‘ladi.

O‘QING: Nihoyat, Toshkent metrosida bepul Wi-Fi bo‘ladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!