«Yandeks Xarita» endi Toshkentdagi jamoat transporti yo‘nalishlarini ko‘rsatmoqda!

  •   DiMaX
  •  1422
  •  01.05.2019 09:05

«Yandeks Xarita» endi Toshkentdagi jamoat transporti yo‘nalishlarini ko‘rsatmoqda!

«Yandeks Xarita» xizmati Toshkent jamoat transporti yo‘nalishlarini ko‘rsatishni boshladi. Bu haqda kompaniya Telegram-kanalidagi xabarga tayanib «Gazeta.uz» nashri yozgan.

O‘QING: «Yandeks.Taksi» rulda uxlab qolishga qarshi qurilma ishlab chiqdi

Xabarga ko‘ra, uning yordamida kerakli joyga avtobus, metro yoki yo‘nalishli taksi bilan qanday borishni bilish mumkin.

Jamoat transporti haqidagi ma’lumotlar ham mobil ilovada, ham kompyuter talqinida aks ettiriladi. Xaritada avtobus bekatlari, ular orqali o‘tuvchi yo‘nalishlar hamda kelish vaqti va transport almashtirish joylari qayd etiladi.

Xabarda keltirilishicha, Tashtrans.uz sayti ma’muriyati «Yandeks»ga yangi xizmatni joriy etishda axborot ko‘magini ko‘rsatdi.

Avvalroq «Yandeks» O‘zbekiston uchun bir nechta ommaviy ilova va xizmatlarni mahalliylashtirgan edi. Jumladan, yanvarda — «Yandeks Tirbandliklar», martda Toshkentda «Yandeks Metro» va O‘zbekiston uchun qidiruv, 2018 yilda — «Yandeks Mahalla», «Yandeks Musiqa» xizmatlari va yog‘ingarchiliklar xaritasi, shuningdek «Yandeks Navigator» ilovasi ishga tushirildi. O‘tgan yilning aprelida ishga tushirilgan «Yandeks Taksi» xizmati keng ommalashgan.

O‘QING: O‘zbekistonda «Yandeks» vakillari bilan uchrashuv: nimalar muhokama etildi?