«Yandeks.Telemost» videoqo‘ng‘iroq servisi taqdim etildi – Zoom’ning endi keragi yo‘q!

  •   DiMaX
  •  864
  •  16.06.2020 12:06

«Yandeks.Telemost» videoqo‘ng‘iroq servisi taqdim etildi – Zoom’ning endi keragi yo‘q!

Joriy yilning aprelida «Yandeks» kompaniyasi «Yandeks.Messenjer» xabar almashish servisini ishga tushirgan edi. Endi esa u videoqo‘ng‘iroqlar uchun «Yandeks.Telemost» servisini taqdim etdi.

O‘QING: O‘zbekistonda Yandex xizmatlariga yagona obuna – Yandex.Plus yo‘lga qo‘yildi

«Yandeks.Telemost» servisining funksionali Zoom platformasini eslatadi, lekin undan farqi – bunda smartfon yo planshetga, kompyuter yoki noutbukka alohida ilovani o‘rnatish talab etilmaydi. Servisga shunchaki «Yandeks.Brauzere» yoki Chrome, shuningdek «Yandeks.Disk» yoxud «Yandeks.Pochta» ilovalari orqali kirish mumkin, Yandeks-akkauntingiz bo‘lsa bas.

Ushbu servisda uchrashuv yaratish va uning havolasini boshqalarga istalgan usulda jo‘natish mumkin – xuddi Zipcall platformasidagi kabi. Undan foydalanish uchun https://telemost.yandex.ru/ manzili orqali kirasiz, videosuhbat vaqti ham cheklanmagan.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, «Telemost» muntazam tarzda Yandex’ning boshqa mahsulotlari bilan ham integratsiyalanib boradi. Shuningdek, yaqin orada boshqa brauzerlarda ham ishlaydigan bo‘ladi.

O‘QING: «Yandeks» shaharlarning karantindan qanday chiqayotganini ko‘rsatmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!