Yandex rosa kuchaydi: u Tinkoff bankni sotib olishni rejalashtiryapti

  •   DiMaX
  •  604
  •  24.09.2020 17:34

Yandex rosa kuchaydi: u Tinkoff bankni sotib olishni rejalashtiryapti

Rossiyaning eng yirik IT-kompaniyalaridan bo‘lgan «Yandeks» yaqin orada Tinkoff bankiga egalik qiluvchi TCS Group kompaniyasini 5,48 milliard dollarga to‘liq sotib olishi mumkin. Bu borada kompaniyalar prinsipial ravishda kelishib oldilar, deb yozadi Sof.uz nashri.

O‘QING: «Yandeks.Telemost» videoqo‘ng‘iroq servisi taqdim etildi – Zoom’ning endi keragi yo‘q!

«Tomonlar bitim bo‘yicha prinsipial ravishda kelishuvga erishdilar, u naqd pul va aksiyalar sifatida 5,48 milliard dollarni yoki Tinkoffning har bir aksiyasiga $27,64 to‘laydi», – deyiladi TCS bayonotida.

TCS o‘zining press-relizida prinsipial ravishda kelishuvga erishilganligini e’lon qildi, ma’lumot ham IT giganti tomonidan tasdiqlandi.

Ikkala tomon ham aniqlik kiritishicha, yakuniy sotib olish shartlari guruhni sinchkovlik bilan tekshirishdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. «Yandeks» shuningdek, bitim xolding aksiyadorlari tomonidan tasdiqlanishi kerakligini ko‘rsatdi.

TCS Group asoschisi Oleg Tinkov o‘tgan yilning yozida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida «Yandeks» asoschisi Arkadiy Volojga bizneslarni birlashtirishni taklif qilgan. Voloj ushbu taklifni muhokama qilishga va’da bergan.

Bir yil o‘tgach, 2020 yil iyun oyida kompaniya 2012 yildan beri qo‘shma biznes olib borgan Yandex va Sberbank aktivlarni taqsimlash to‘g‘risida e’lon qildi: Internet-kompaniya bankning Yandex.Market’dagi ulushini, kredit tashkiloti esa «Yandeks»ning Yandex.Money’dagi ulushini sotib oladi.

TCS Group Holding PLC – bu Rossiyadagi chakana moliyaviy xizmatlarning onlayn provayderi, guruhning asosiy boyligi – Tinkoff Bank. Tinkovlarning oilaviy tresti hozirda TCS Group aksiyalarining 40,4 foiziga, menejmenti esa 6,5 ​​foiziga egalik qiladi. Qolgan 53,1 foiz aksiyalar erkin muomalada. Tinkoff, 1 avgust holatiga ko‘ra, 767,4 milliard rubl aktivlari bilan Rossiya banklari orasida 16-o‘rinni egalladi.

Tinkoff bank to‘la raqamlashtirilgan Rossiyadagi eng yirik bank sanaladi.

Bankirlar Telegram kanalining yozishicha, O‘zbekiston banklarining 2020 yil 1 avgust holatiga jami kapitali yig‘indisi 55 trln. 364 mlrd. so‘mni, yoki o‘sha sanadagi kurs bo‘yicha taxminan 5,42 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi. Ya’ni, bizdagi 30 ta bankning puliga bitta «Tinkoff»niyam sotib olib bo‘lmas ekan.

O‘QING: O‘zbekistonda Yandex xizmatlariga yagona obuna – Yandex.Plus yo‘lga qo‘yildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!