Yangi Android-brauzer tezkorlikda Google Chrome’ni ortda qoldirdi

  •   DiMaX
  •  1494
  •  23.06.2018 17:03

Yangi Android-brauzer tezkorlikda Google Chrome’ni ortda qoldirdi

Bugungi kunda «yashil robotchali» smartfon egalarining aksariyati o‘z mobil qurilmalarida Google Chrome ishlatishadi. Lekin bu brauzerning ayrim salbiy jihatlari mavjud: tizim resurslarini ko‘p sarflaydi, akkumulyatorning quvvatining tezroq kamayishiga ham olib keladi.

O‘QING: Eng tezkor Firefox Quantum brauzeri taqdim etildi – Chrome’dan 30 foizga tejamkorroq (+video)

XDA forumidagi «arnaud42» nikli dasturchi o‘zi yasagan yangi veb-brauzerni e’lon qildi – u tezkorlik bo‘yicha Google Chrome dasturidan sezilarli darajada yaxshi. Chromium hamda WebKit dvijogi bazasidagi bu brauzer Kiwi deb nomlanadi. Mazkur ilova anchagina sodda va qulay interfeysga hamda ko‘plab kerakli funksiyalarga ega.

Sinovlarda ma’lum bo‘lishicha, Kiwi chindan ham ishga tushish tezligi, sahifalarni yuklashi va boshqa bir qator jihatlariga ko‘ra «qidiruv giganti»ning brauzeridan oldinda. Buning ustiga, u tizim resurslarini kam xarjlaydi; shuning evaziga Kiwi dasturi protsessori kuchsizroq hamda tezkor xotirasining hajmi kichkina bo‘lgan smartfonlarda ham yaxshi ishlaydi.

O‘QING: Hamyonbop va kuchsizroq smartfonlar uchun sakkizta «yengil» ilova

Kiwi veb-brauzeri yaratuvchisi uni muntazam tarzda yangilab turishga va’da beryapti. Dasturchining da’vosicha, ilovasi barcha zamonaviy funksiyalarni qo‘llab quvvatlaydki, ularning ayrimlari hatto Google Chrome’da umuman yo‘q.

Agar istasa, foydalanuvchi Kiwi’da to‘qrang interfeysni faollashtirishi mumkin – bu tunda ko‘z nurini asrashka ko‘maklashadi. Brauzerda reklamalarni bloklovchi funksiya ham mavjud, syorfing bilan parallel tarzda fayllarni yuklash mumkin, yana boshqa bir qator opsiyalari bor.

Yana bir jihati – yangi loyiha ochiq boshlang‘ich kodga ega, istagan dasturchi unda troyanlar yo‘qligini o‘zi tekshirib ko‘rishi mumkin.

Agarda yangi, yengil Kiwi brauzerini ishlatib ko‘rishni xohlasangiz, Google Play ilovalar katalogidan uni mana bu havola orqali o‘rnatib olasiz.

O‘QING: Android uchun eng tezkor brauzer tanlaymiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!