Yangi Galaxy A’ning «uch ko‘zli» kamerasi Galaxy S10+’nikidan ham zo‘r!

  •   DiMaX
  •  2497
  •  14.08.2018 10:56

Yangi Galaxy A’ning «uch ko‘zli» kamerasi Galaxy S10+’nikidan ham zo‘r!

Samsung kompaniyasining Galaxy S10+ flagmani uch modulli asosiy kameraga ega bo‘lishi allaqachondan ma’lum. Ushbu sensorlar 12, 13 va 16 megapikselli bo‘lishi ham turli manbalarda xabar qilingan.

O‘QING: Galaxy S10 naq uch xil modifikatsiyada chiqadi, ulardan biri Huawei P20 Pro’ni «yer tishlatadi»!

Joriy yilning iyul oyida chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung’ning Galaxy A turkumidagi navbatdagi smartfoni ham uch modulli asosiy kameraga, shuningdek ekranga integratsiya qilingan barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi.

Endi esa Janubiy Koreya nashrlari Samsung Galaxy A turkumidagi yangi modelning kamerasi xususida yana bir xabar tarqatmoqda. Unga ko‘ra, o‘rta narx toifasiga mansub ushbu qurilmaning bosh kamerasidagi asosiy datchik naq 32 megapikselli, qo‘shimcha sensorlar esa 8 va 5 megapikselli bo‘lar ekan. Ya’ni, u hatto eng ilg‘or Galaxy S10 Plus flagmani kamerasidan ham kuchli bo‘layotir!

Mazkur ma’lumot Samsung’ga kamera datchiklarini yetkazib beruvchi hamkoridan chiqqan. Yana uning ta’kidlashicha, nafaqat eng yuqori xususiyatlarga ega Galaxy S10+ modeli, balki standart Samsung Galaxy S10 ham uch modulli bosh kameraga ega bo‘ladi.

Samsung o‘zining Galaxy A turkumidagi yangi modelini joriy yilning dekabrida yoki kelasi yilning yanvarida taqdim etmoqchi. Bu degani – uch modulli kamera borasida ham, skanerli ekran bo‘yicha ham janubiy koreyaliklarning ilk smartfoni Galaxy S10 flagmani emas, balki o‘rta narxli modellardan biri bo‘ladi.

O‘QING: Uch xil talqindagi Galaxy S10’ning asosiy xususiyatlari oshkor bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.