Yangi Honor flagmani Tesla bilan hamkorlikda chiqmoqda

  •   Saroy
  •  390
  •  19.10.2018 13:19

Yangi Honor flagmani Tesla bilan hamkorlikda chiqmoqda

Twitter’ning xitoycha muqobili Weibo saytida  yaqinda chiqarilishi kutilayotgan Honor Magic 2 smartfonining noodatiy quti fotosurati paydo bo‘ldi.  U hozirgacha rasman taqdim etilmagandi. Uni shu sohaga ixtisoslashgan  SlashLeaks resursi e’lon qildi.

Qora  qutida Honor Magic 2 va Tesla yozuvlari ko‘rinib turibdi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Huawei kompaniyasi smartfonning maxsus  versiyasini  Tesla avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan birgalikda chiqarmoqda. Uning oddiy versiyadan farqli jihatlari haqida ma’lumot hozircha berilgani yo‘q. Faqat shuni taxmin qilish mumkinki, yangi qurilmaning xotirasi katta  va unga juda sifatli ishlov berilgan.

O‘QING:Honor 8X: narx borasida toifadoshlaridan arzon

Eslatib o‘tamiz, Huawei avgust oxirida bo‘lib o‘tgan IFA 2018 ko‘rgazmasida ham smartfon namoyish etgan edi, ammo uning tafsilotlari oshkor etilmagandi. Mazkur smartfon 2016 yil dekabrda chiqqan Honor Magic o‘rniga kelmoqda.  U to‘liq romsiz va qirqmasi ham yo‘q, displeyi xuddi  iPhone X smartfonidagiga o‘xshaydi. Kameralar displeyni surganda ochiladigan modulda joylashgan.

Apparatning asosini qimmat HiSilicon Kirin 980 protsessori tashkil etadi. U ancha zamonaviy sun’iy intellekt bilan ta’minlangan. Shuningdek, quchli quvvatlantirgich qurilmasiga ham ega. U tezkor quvvat olishni ta’minlaydi.

Honor Magic 2 flagmanining taqdimoti Mate 20 va Mate 20 flagman smartfonlarining anonsidan ikki hafta o‘tgach, ya’ni 31 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.

O‘QING:Huawei’ning betakror romsiz slayderi – Honor Magic 2 taqdimot kuni ma’lum!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!