Yangi – «Humo» milliy to‘lov tizimi apreldayoq ishga tushadi!

  •   DiMaX
  •  1691
  •  28.03.2019 17:16

Yangi – «Humo» milliy to‘lov tizimi apreldayoq ishga tushadi!

2018 yilning 19 sentyabrida prezident O‘zbekistonda yangi milliy to‘lov tizimi yaratalishi haqida qaror qabul qilgan edi. Unga ko‘ra, yangi milliy to‘lov tizimini yaratish Markaziy bankning zimmasiga qo‘yilgan, keyinroq yangi to‘lov tizimi «Humo» nomini olgandi.

O‘QING: O‘zbekistonda yangi to‘lov tizimini shu yiliyoq to‘laqonli ishga tushirishmoqchi

Bundan bir necha yil avval hayotimizga plastik kartochkalarni kirib kelishi xalqimizni hayratlantirgan edi. Endi esa bu jarayon oddiy holatga aylanib qoldi, deb yozadi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

Ayni vaqtda naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. «Humo» milliy to‘lov tizimi ulardan biridir.

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan Xalqaro moliya-bank forumida mazkur to‘lov tizimi aprel oyidan boshlab amaliyotga joriy etilishi haqida so‘z yuritildi.

– Ayni vaqtda biz plastik kartochkadan naqd pul olish, savdo do‘konlariga to‘lov qilish kabilarda foydalanayotgan edik, – deydi «Humo» milliy to‘lov tizimda rahbari Shuhrat Qurbonov. – «Humo» to‘lov tizimida bu imkoniyatlar yanada kengaytiriladi. Tasavvur qiling, metroda yoki avtobusda uni terminalga tegizib, to‘lovni amalga oshirasiz. Yoki savdo do‘konida xarid uchun to‘lovni amalga oshirishda kod terib o‘tirmaysiz. Ayni vaqtda esa forum doirasida uchrashuvlar o‘tkazib, xorijda ham undan bemalol foydalanish uchun imkoniyat yaratish. Bu borada Rossiya tajribasini ko‘rib chiqdik. Ularda shunga o‘xshagan to‘lov tizimi bor.

Forumda jahonning 21 mamlakatidan 400 ortiq moliya sohasi ekspertlari ishtirok etmoqda.

– Biz uchun O‘zbekiston juda muhim hamkor, – deydi Rossiya Markaziy banki raisi birinchi o‘rinbosari Kseniya Yudayeva. – Shu o‘rinda aytishim kerakki, iqtisodiyotni yanada yuksaltirish ko‘p jihatdan integratsiya jarayonlarini rivojiga ham bog‘liq. Chunki ishlab chiqarish samarasi bevosita bir qator ichki va tashqi omillar hamda holatlarga uyqashib ketadi. Biroq, bu jarayon pulni shunchaki boshqarish emas, balki muhim iqtisodiy yuksalish demakdir.

Ana shu jarayonda axborot xavfsizligini ta’minlash borasida Rossiya Markaziy banki o‘ziga xos ko‘nikma va tajribaga ega. Aynan shu holatning oldini olish bilan shug‘ullanadigan markaz faoliyat yuritadi. Bu boradagi tajribalarimizni o‘rtoqlashishga tayyormiz.

Forum o‘z ishini 31 martga qadar davom ettiradi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!