Yangi Motorola One smartfonining renderi paydo bo‘ldi
Yaqinda tarmoqlarda Motorola One Power smartfonining surati paydo bo‘lgandi. Qirqma ekranli yangi qurilma. Endi esa, Android Headlines resursi Motorola One apparatining renderini namoyish qildi.
Ushbu smartfonga qarasangiz, u Motorola One Power’ga juda o‘xshab ketadi, faqat undan shishali korpusi va asosiy qo‘sh kamerasi boshqacha joylashtirilgani bilan farq qiladi. Oldidan qaraganda devaysning hech qanday farqini sezmaysiz. Unda ham kengformatli qirqmali displey. Displeyda old kamera, datchiklar va so‘zlashuv dinamigi joylashtirilgan. Shuningdek, manbada ta’kidlanishicha, qurilma o‘lchami bo‘yicha bir oz kichikroq bo‘ladi.
O‘QING 5G Moto Mod modulli Moto Z3 Play surati paydo bo‘ldi
Qurilmaning boshqa o‘ziga xos jihatlari haqida xabar yo‘q. Faqat, Motorola One «toza» Android bilan ta’minlanishi ma’lum, qolaversa, apparat ikki rangda bozorga chiqariladi: biri qora rangda, ikkinchisi oq rangda.
Taassufki, qurilmaning narxi, taqdimot sanasi haqida ma’lumot olishning imkoni bo‘lmagan.
O‘QING: Motorola'ning Moto G6 oilasi smartfonlari o‘z narxiga arziydimi?