Yangi OnePlus 6 flagmani: rang ko‘r, hol so‘r

  •   Saroy
  •  1186
  •  02.07.2018 15:15

Yangi  OnePlus 6 flagmani: rang ko‘r, hol so‘r

Bir necha kun avval OnePlus kompaniya o‘zining yangi smartfoni taqdimotiga ishora qila boshlagandi. Shunday bo‘lib chiqdi ham.

Ishlab chiqaruvchi o‘zining OnePlus 6 Red, ya’ni qizil rangli yangi qurilmasini namoyish qildi. U  8 GB OZU i 128 GB PZU modifikatsiyasida sotuvga chiqariladi. Gadjetning saotuvga chiqarilish sanasi AQShda 10 iyul va Hindistonda iyul kuni etib belgilangan, narxi 579 dollar. Keyinroq smartfonni Yevropa bozorlaridan ham xarid qilish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: OnePlus va’da berdi: kutamiz
Eslatib o‘tamiz, smartfonning suratlari  10 mayda uch xil rangda ma’lum qilingandi: Mirror Black, Midnight Black va Silk White. Oradan 22 kun o‘tib kompaniya bir milliondan ziyod smartfon sotdi. 

O‘QING: OnePlus 6’dan hamma hayratda: uch haftada millionta smartfon sotildi

Smartfon  6.28-dyuymli, qirqmali  AMOLED-displeyi bilan ta’minlangan, tomonlar nisbati 19:9 hamda formati Full HD+ (2280×1080p). Qurilmaning “yuragi”  Snapdragon 845 protsessori bo‘ladi, deyishmoqda. Bundan tashqari, OnePlus 6  6/8 GB OZU, 64/128/256 GB PZU,  12 Mp + 20 Mp’ga ega qo‘sh kamera va  3300 mAch sig‘imli batareyaga ega.  Qolaversa, Dash Charge tezkor quvvatlantirgich, suvdon himoya tizimi va Android 8.1 Oreo bilan jihozlangani gadjetning ustun tomonlariga ishoradir.

O‘QING: OnePlus 5 va 5T yangilangan proshivkali bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!