Yangi Sony Xperia XZ3 flagmanining kamerasi nechta bo‘ladi?

  •   Saroy
  •  889
  •  12.07.2018 17:02

Yangi Sony Xperia XZ3 flagmanining kamerasi nechta bo‘ladi?

Sony kompaniyasi Sony Xperia XZ3 flagmaning navbatdagi avlodini chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda. Ayni paytda yangi qurilma haqida qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Yaponiyaning Sumahoinfo resursi to‘rtta kameraning suratini namoyish qildi. Gap so‘zlarga qaraganda, ushbu kameralar Xperia XZ3 smartfoniga tegishli ekan. Suratga qarab, smartfon qo‘sh asosiy modul hamda qo‘sh old kemaraga ega bo‘lishini bilish qiyin emas. Asosiy kamera xuddi Xperia XZ2 Premium’dagidek, old kamera haqida esa hech narsa ma’lum emas.

O‘QING:Ekspertlar eng foydali smartfonni aniqlashdi

Avval tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, yangi qurilma  5.7-dyuymli keng formatli displey bilan ta’minlanadi, uning tomonlar nisbati  18:9. Chipi Snapdragon 845, shuningdek, qurilma 64/128 GB PZU xotiralarga ega, yana u 400 GB gacha kengayishi mumkin. Bundan tashqari,  smartfon 3240 mAch sig‘imidagi batareya bilan ta’minlangan. Tezkor quvvatlantirgichi QC 3.0, USB Type-C va Android 8.1 Oreo uchun ham joy bor.

O‘QING:Sony’dan yana bir mu’jizami?

Bu qurilma ham avvalgi avlodiga o‘xshab 800 yevro tursa kerak. Taqdimot tadbiri esa avgust oyida bo‘ladigan IFA 2018 ko‘rgazmasida uyushtiriladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.