Yangi taqdim etilgan Galaxy Tab S5e plansheti ikki jihatdan rekord o‘rnatdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1305
  •  16.02.2019 09:33

Yangi taqdim etilgan Galaxy Tab S5e plansheti ikki jihatdan rekord o‘rnatdi! (+video)

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy Tab S5e rusumli planshetini rasman namoyish etdi. U korpusining yupqaligi va yengilligi bilan boshqa barcha modellar orasida rekordchi bo‘ldi.

O‘QING: Atigi 50 dollarlik Nook Tablet 7 plansheti taqdim etildi!

Bu – 10 dyuymlik va metall korpusli eng yupqa va yengil Galaxy Tab planshetidir: korpusining qalinligi 5,5 millimetr, vazni esa atigi 400 gramm. Taqqoslash uchun keltiradigan bo‘lsak, 11 dyuymlik iPad Pro qalinligi 5,9 millimetr bo‘lib, 468 gramm tosh bosadi.

Shuningdek, Samsung mazkur mahsulotining ekrani korpus old yuzasining 81,8 foizga yetganini ham ta’kidlagan. Bundan avvalgi – Galaxy Tab S4 modelida mazkur ko‘rsatkich 79 foizga teng edi, raqobatchi iPad Pro’da esa – 82,9%.

Galaxy Tab S5e diagonaliga 10,5 dyuymlik Super AMOLED ekran bilan jihozlangan. Uning tomonlari o‘zaro 16:10 nisbatda, tasvir aniqligi esa 2560x1600 pikselga teng. Apparat qismi asosini Snapdragon 670 yoki modeli aytilmayotgan Exynos protsessori tashkil etadi. Uni tezkor xotirasi 4 va 6, doimiy xotirasi esa 64 va 128 gigabaytlik versiyalarda ishlab chiqarishmoqda. Planshetning asosiy va old kameralari tegishlicha 13 va 8 megapiksellik optik sensorlarga ega, u soniyasiga 30 kadr tezligida, 4K sifatida video yoza oladi.

Planshetga Android 9.0 Pie operatsion tizimi hamda yangi talqindagi – Bixby 2.0 ovozli yordamchisi o‘rnatilgan. Korpusining o‘lchami 245x160x5,5 millimetrga teng. 7040 mA/soatlik akkumulyatori tezkor quvvatlana oladi. Korpusida yana to‘rtta AKG-dinamik, daktiloskopik datchik, USB Type-C porti mavjud.

Mana, quyida Galaxy Tab S5e modeliga bag‘ishlangan rasmiy videorolikni ko‘ramiz:

Galaxy Tab S5e plansheti AQShda joriy yilning aprelidan, 400 dollardan boshlanuvchi narxlarda sotiladi. Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa narxi 1 039 000 so‘mdan boshlanuvchi turli planshetlarni sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!